AQSH iqtisodiyoti 3,4 foiz o‘sdi
AQSH Savdo vazirligi 2023-yil oktyabr-dekabr oylari uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori bo‘yicha e’lon qilgan yakuniy ma’lumotga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti hisobot davrida 3,4 foiz ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shma Shtatlar ayni yo‘nalishda 2022-yil 1,9, o‘tgan yil esa 2,5 foiz o‘sish ko‘rsatkichini qayd etgan.
Mutaxassislar aytishicha, ijobiy o‘zgarish, birinchi navbatda, iste’mol, shuningdek federal, shtat va mahalliy hukumat xarajati, eksport, noturarjoy va turar-joyga doimiy investitsiya o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Xuddi shu davrda tovar-moddiy zaxiraga xususiy investitsiya qisqargan, import miqdori oshgan.