Harvard universiteti 1636-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng qadimiy va eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bu universitetda 160 dan ortiq professor va bitiruvchilar Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Harvard ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlik va erkin fikrlash markazi sifatida dunyoda keng tan olingan.

Ammo,  Donald Tramp ma’muriyati davrida universitet chet ellik talabalar bilan bog‘liq bir qancha cheklovlarga duch keldi. Jumladan, 2020-yilda pandemiya bahonasida AQSH hukumati xorijlik talabalar agar darslarga faqat onlayn shaklda qatnashadigan bo‘lsa, ularning mamlakatda qolishiga ruxsat bermaslik to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Harvard universiteti bu qarorni "noqonuniy va xalqaro hamkorlikka putur yetkazuvchi" deb baholab, Massachusetts Texnologiya Instituti bilan hamkorlikda sudga murojaat qilgan. Natijada, bu siyosat bekor qilingan edi.

2025-yilga kelib esa AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi Harvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilish huquqini beruvchi maxsus sertifikatni bekor qildi. Endilikda universitet xorijlik talabalarga AQSH vizasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni bera olmaydi. Natijada, hozirda Harvardda tahsil olayotgan chet ellik talabalar boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘tmasa, AQSHda qolish huquqidan mahrum bo‘lishadi.

Ushbu choralarning sabablaridan biri sifatida universitetda o‘tkazilgan Falastin tarafdori namoyishlar ko‘rsatilmoqda. Tramp ma’muriyati Harvard universitetini antisemitizmga yo‘l qo‘yishda ayblab, unga ajratilgan 60 million dollarlik grantni bekor qildi hamda 2,2 milliard dollarlik mablag‘ni muzlatib qo‘ydi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DUgl20hLVj4" title="AQSH hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, universitetdan "Amerika qadriyatlariga dushman bo‘lgan" talabalarni qabul qilmaslik, faol va tanqidiy fikrlaydigan o‘qituvchilar ta’sirini kamaytirish talabi ilgari surildi. Harvard bu talablarni rad etdi va yana sudga murojaat qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024–2025 o‘quv yilida Harvard universitetida taxminan 6 800 nafar xorijlik talaba tahsil olgan bo‘lib, ular umumiy talabalar sonining 27 foizini tashkil qiladi.

Fardona Yaxshiboyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqladi (+video)