Yurtimiz oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Universitet, institular moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, o‘qitish, malakali mutaxassislar tayyorlash sohaga xalqaro tartib, me’yorlarni joriy etish, rivojlangan mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Andijon davlat tibbiyot instituti (ADTI)da ham izchil ish olib borilyapti.

Ayni payt Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turgan institut rektori Madaminjon Madazimov boshchiligidagi delegatsiya Elchi Furqat Siddiqov bilan uchrashdi. Muloqot davomida mamlakatimizda yuqori salohiyatli kadrlar ko‘pligi, ayniqsa tibbiyotni rivojlantirishga davlatimiz rahbari alohida e’tibor qaratayotgani e’tirof etildi. Mutaxassislar xalqaro miqyosda tajriba almashishi soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi. Shuningdek, ADTI va AQSHning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda klinikalari o‘rtasida malaka oshirish, akademiya almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Viloyat vakillari dunyodagi yetakchi tibbiyot markazlaridan biri – Klivlend klinikasi Nevrologiya markazi rahbariyati va ekspertlari bilan muzokara davomida nevrologiya va neyroxirurgiya sohasidagi ilg‘or texnologiya, epilepsiyani xirurgik davolash, insultning oldini olish mavzulari muhokama qilindi. Ayni yo‘nalishdagi zamonaviy yutuqlar o‘rganildi. Shuningdek, umumiy strategik rivojlanish rejasi  tuzib olindi.

Tashrif natijasida birgalikda ilmiy tadqiqot olib borish, mamlakatimizda ilg‘or tibbiyot tajribasini joriy etishga xizmat qiladigan muhim kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiyamizning AQSHga tashrifi davom etyapti. Safar davomida Kolambus, Charlston va Vashington shaharlarida ham tadbirlar rejalashtirilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH hududlarimizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlayapti