Tramp Prezident etib saylangandan keyingi ikki hafta ichida butun dunyo bo‘ylab AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning minglab xodimlari ishdan bo‘shatildi va dasturlar yopildi, deb xabar bermoqda “Euronews”.

Milliarder Ilon Mask bu qaror Tramp bilan kelishilgan holda qabul qilinganini aytgan.

600 dan ziyod ishchi bilan aloqa bir kecha-kunduzda kompyuter tizimi orqali cheklab qo‘yildi. “Omon qolganlar” esa agentlik rahbariyati ko‘rsatmasi asosida qarorgoh binosi 3 fevral, dushanba kuni xodimlar uchun yopiq bo‘lishi haqida elektron xat olgan.

USAID veb-sayti va X platformasidagi akkaunt ham o‘chirilgan.

Mask rahbarligidagi Hukumat samaradorligi departamenti avvalroq G‘aznachilik bo‘limida xuddi shunday amaliyotni qo‘llab, maxfiy ma’lumotlar, jumladan Ijtimoiy ta’minot va “Medicare” mijozlari to‘lov tizimiga kirish huquqiga ega bo‘ldi. Buning ortidan ushbu sektorning yuqori martabali xodimi iste’fo berdi.

Mazkur xalqaro birlashma yopilishi Tramp ma’muriyati tomonidan federal hukumat dasturlariga nisbatan “qatag‘on”ning bir qismidir.

Darvoqe, Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq rahbari Jon Kennedi USAIDni Sovet Ittifoqi bilan sovuq urush avjiga chiqqan pallada yaratgan. U tashqi kuchlarga qarshi chet davlatlar yordamida samaraliroq kurashishni xohlagan edi. O‘shanda Kongress xorijiy yordam to‘g‘risida qonun qabul qildi va 1961 yil USAID mustaqil agentlik sifatida ochildi.

Ta’kidlash joiz, mazkur tuzilma filiali O‘zbekistonda ham bor.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH gumanitar yordam agentligi tugatildi