AQSH Green Card qoidalarini yumshatdi
Tramp ma’muriyati “Green Card”ga da’vogarlar uchun yangi qoida e’lon qildi. Bunda AQSHda istiqomat qiluvchilar arizasi tasdiqlanmaguncha mamlakatni tark etishi shart, deb xabar beradi “Kazinform” agentligi.
WFTV esa bu chora hozirda Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qiluvchi va doimiy huquqiy maqomga intilayotgan shaxslarga taalluqli ekanini ma’lum qildi.
Yangi qoidaga ko‘ra, ba’zilar uchun istisno holatlar bo‘lishi mumkin. AQSH Ichki xavfsizlik departamenti mazkur siyosat qonunga rioya qilgan yuqori malakali ariza beruvchi va tajribali mutaxassislarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidladi.
“Fragomen” yuridik firmasi hamkori Kevin Maynerga ko‘ra, H-1B ish vizasiga ega bo‘lgan shaxs bu talabdan ozod qilinadi. Ushbu vizalar ikki martalik bo‘lib, AQSHda noimmigratsion maqomga ega bo‘lganlarga yashil karta olish imkonini beradi.
Amerika Immigratsiya Advokatlari Assotsiatsiyasining Hukumat ishlari bo‘yicha katta direktori yangi siyosat vizasi muddati o‘tib ketgandan keyin mamlakatda qolgan AQSH fuqarolar ota-onasi, Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgan kompaniya xodimi yoki vizaga ega bo‘lgan shaxs va boshqa diniy xizmatchilarga mo‘ljallanganligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat departamenti avvalroq 75 davlat fuqarolari uchun immigratsion vizalar to‘xtatilishi yuzasidan tushuntirish bergan edi.
G.Sattorova, O‘zA