Qo‘shma Shtatlar huquq-tartibot idoralari kecha Florida universiteti kampusida faol otishma yuz berganini tasdiqladi. Unga ko‘ra otishmani ikki kishi amalga oshirgan: ulardan biri qo‘lga olingan, ikkinchisi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

“Associated Press” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, otishma oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, 6 kishi turli darajada yaralangan. Voqeada jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan

Otishma vaqtida universitet ma’muriyati talablarni xavfsiz boshpana qidirishga chaqirgan. Universitetdagi barcha darslar noma’lum muddatga bekor qilingan. 

– Gumon qilinayotgan qurolli shaxs 20 yoshli Feniks Ikner Leon okrugi sherifi o‘rinbosarining o‘g‘li va u mazkur universitet talabasi ekanligi aniqlandi, -dedi Leon okrugi sherifi Valter Makney brifingda. 

Tergovchilarning aytishicha, gumonlanuvchi o‘z onasining sobiq xizmat qurolidan foydalangan. 

– Sherif o‘rinbosari agentlikda 18 yildan ortiq vaqtdan beri ishlaydi va uning jamiyat oldidagi xizmati alohida ahamiyatga ega. Afsuski, uning o‘g‘li oila sha’nida dog‘ tushirdi, -deya qo‘shimcha qildi sherif Valter Makney.

Politsiya otishmada halok bo‘lgan qurbonlarning ismlarini hozircha oshkor etmadi. 

– Huquq-tartibot idoralari tahdidni zararsizlantirdi, -deb yozdi universitet o‘z rasmiy ijtimoiy tarmog‘ida. – Universitet ma’muriyati talabalarga kampus va boshqa bir qancha binolarga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirdi, chunki u yer hali ham faol jinoyat joyi hisoblanadi. 

– Yaradorlar “Tallahassee Memorial HealthCare” kasalxonasida davolanmoqda, -deya tasdiqladi shifoxona vakili. Uning aytishicha, hozirda barcha bemorlarning ahvoli yaxshi.

Voqea payti darsda bo‘lgan talaba Ava Arenado dahshatli manzarani shunday tasvirlaydi:

– Kursdoshlarimdan birining qo‘l telefoniga ogohlantirish xati keldi va u buni darhol auditoriyadagi barcha talabalarga aytdi, -deydi u. – Ustozimiz tezda eshikni to‘sib qo‘yishni boshladi. Shunda ko‘pgina talabalar uyga ketishni afzal ko‘rishdi va hammamiz tashqariga yugurdik.

Boshqa bir talaba Bleyk Leonard voqea payti jami 30 ga yaqin o‘q uzilganini ta’kidlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u talabalar kasaba uyushmasidan 400 fut uzoqlikda bo‘lganida otishma ovozini eshitib, yugura boshlagan. 

– Taxminan 12 ta o‘q ovozi eshitildi. Avvaliga qurilish ishlarining tovushi bo‘lsa kerak deb o‘yladim toki orqamga qaramagunimcha. Keyin kasaba uyushmasidan men tomon yugurayotgan odamlarni ko‘rdim. Birozdan so‘ng yana 12-15 ta o‘q ovozi eshitildi va men ham u yerdan qochib ketdim, -deydi u.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavittning aytishicha, prezident Trampga otishma haqida ma’lumot berilgan va davlat yetakchisi payshanba kuni tushdan keyin bu haqda qisqacha bayonot bergan. 

– Bu sharmandalik. Bu dahshatli voqea. Afsuski, bunday jirkanch ishlar sodir etishda davom etmoqda, -dedi Tramp o‘z nutqida.

Otishma munosabati bilan qurol bo‘yicha qonunlarni qayta ko‘rib chiqasizmi, degan savolga prezident shunday dedi: 

– Ha, ko‘rib chiqishga majburman. Men buni tuzatishning tarafdoriman.

Ushbu voqea universitetda birinchi marta sodir bo‘lgan otishma emas. 2014 yilda qurollangan sobiq talaba uch kishini universitet kutubxonasida otib tashlangandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda AQSHda 80 ta ommaviy otishma sodir bo‘lgan. 

O‘tkir Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Florida universitetida otishma yuz berdi, qurbonlar bor