AQSH Markaziy banki vazifasini bajaruvchi Federal zaxira tizimi (FZT) asosiy stavka pasaytirilishini e’lon qildi. Inflyatsiyaning yuqori darajasi ortda qolganiga ishonch bildirilgan holda, asosiy foiz stavkasi 50 bazaviy punkt — 4,75-5 foizgacha tushirildi.

Bu 2020 yil mart oyidan, FTZ koronavirus pandemiyasi fonida iqtisodiyot kuchsizlanishini to‘xtatishga harakat qilingan davrdan buyon kuzatilayotgan ilk shunday holat.

Tashkilot xabarnomasida ma’lum qilinishicha, so‘nggi ko‘rsatkichlar - iqtisodiy faollik ishonchli sur’at bilan o‘sishda davom etayotganidan dalolat. Ish o‘rni ko‘payishi sekinlashdi. Ishsizlik darajasi yuqoriladi, ammo inflyatsiya 2 foizlik maqsad sari ilgarilamoqda.

"The New York Times" stavkani pasaytirish qarorini “g‘ayri oddiy dadil qadam” sifatida tan olib, “markaziy bankirlar inflyatsiyaga qarshi kurashda g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. Shu bilan birga vaziyatni "e’tibor mehnat bozorini himoya qilishga qaratilganini aniq anglatuvchi signal” deya baholadi.

Yuqori foiz stavkasi iqtisodiyotni sekinlashtiradi, uy sotib olish yoki biznesni kengaytirish uchun qarz foizini oshiradi. Talabga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, narx o‘sishiga nisbatan bosimni kuchaytiradi. Ishga qabul qilish jarayonini sekinlashtiradi. Buni hisobga olgan holda, FZT muvozanat o‘rnatishga harakat qiladi. Rasmiylar narx-navo keskin ko‘tarilib, iqtisodiyot inqirozga yuz tutadigan darajaga chiqmasdan, ishsizlikni me’yoriy holatga qaytishini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Federal zaxira tizimi asosiy foiz stavkasini 5 foizgacha pasaytirdi