AQSH Eronga urushni to‘xtatish uchun 15 bandli reja taqdim etdi (+video)
DW nashri xabariga ko‘ra, AQSH Eronga Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatish bo‘yicha 15 banddan iborat tinchlik rejasini yuborgan.
Xabarlarga ko‘ra, Vashington, jumladan, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini Xalqaro atom energiyasi agentligiga topshirishni talab qilgan.
24-mart kuni The New York Times nashri esa mazkur hujjat Pokiston orqali Eron rahbariyatiga yetkazilganini ma’lum qildi. AQSH
prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Donald Trampga Eron rejaning ayrim muhim bandlariga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan. Ular orasida yuqori darajada boyitilgan uranni topshirish ham bor. Biroq Tehronning rasmiy pozitsiyasi hozircha ma’lum emas.
Shuningdek, ushbu rejaga Isroilning munosabati ham noaniq. Donald Tramp 23-mart kuni Eron rahbariyati bilan “samarali muzokaralar” bo‘lganini aytgan va Eronning energetika infratuzilmasiga zarbalarni besh kunga to‘xtatishni buyurgan. Ammo Tehron buni rad etib, “bunday muzokaralar bo‘lmagan va bo‘lmaydi” deb bayonot bergan.
24-mart kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik kengashi va Xalqaro dengiz tashkilotiga murojaat qilib, ba’zi kemalarga Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berilishini ma’lum qilgan.
Bayonotga ko‘ra, agar kemalar Eronga qarshi harakatlarda ishtirok etmasa va xavfsizlik qoidalariga rioya qilsa, ular xavfsiz o‘tish huquqini olishi mumkin. Hozirgi vaqtda Yaqin Sharqdagi urush sababli mazkur bo‘g‘oz orqali dunyo nefti va suyultirilgan gazining taxminan 20 foizi tashilishi deyarli to‘xtab qolgan.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/pPh79rllPuE" title="AQSH Eronga urushni to‘xtatish uchun 15 bandli reja taqdim etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA