AQSH dengiz flotining sobiq admirali Atlantida cho‘kib ketgan joyni topganini da’vo qilmoqda
AQSH dengiz flotining iste’fodagi admirali Tim Gallodet Atlantika okeanida afsonaviy Atlantida cho‘kib ketgan joyni topganini da’vo qilgan.
“Daily Mail” gazetasi xabar berishicha, manzilning tavsifi qadimgi yunon faylasufi Platon bitigiga mos keladi.
– Atlantika okeanida Atlantida joylashgan hududni topdik, deb hisoblaymiz..., deb yozdi Gallodet gazetada e’lon qilgan maqolasida. – Ko‘pgina topografik xususiyatlar Platon bu joyni qanday ta’riflagan bo‘lsa, shunga to‘liq mos.
Gallodet Atlantida cho‘kib ketgan manzilning aniq joylashuvini aytishdan bosh tortgan. O‘zi ta’kidlashicha, sobiq admiral oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan ekan.
Shuningdek, hozirgi munozara tasdiqlangan kashfiyot haqida emas, balki qidirish mumkin bo‘lgan hududni aniqlash haqidaligini ta’kidlaydi. Gazeta Platonga iqtibos keltirgan holda, Atlantidani bir kun-u bir kechada kuchli zilzila va suv toshqini tufayli g‘oyib bo‘lgan boy orol imperiyasi sifatida ta’riflagan.
S.Rahimov, O‘zA