AQŞ demokratlari SI işlab çiquvçilari ustidan nazoratni kuçaytiradi
AQŞda Demokratlar yirik texnologiya kompaniyalari rahbarlarini Kongress oldida qasamyod ostida körsatma beriş uçun çaqiruv qoğozi bilan sudga beriş va milliarder Ilon Maskga qarşi tergov boşlaş orqali mamlakatda sunʼiy intellekt işlab çiquvçilari ustidan nazoratni kuçaytiriş niyatida. Bu haqda “Financial Times” xabar tarqatgan.
Oraliq saylov orqali demokratlar Kongressning har ikki palatasida köpçilik ovoz qölga kiritdi. Yangi Vakillar palatasi 2027-yil yanvar oyida iş boşlaydi. Şundan söng partiya tergov ötkaziş va guvohlarni çaqiriş uçun parlament qömitalari vakolatidan foydalana oladi.
Gazeta yozişiça, demokratlar texnologiya kompaniyalari faoliyati va SIni tartibga solişga alohida eʼtibor qaratmoqçi. Bir qator qonun çiqaruvçilar kuçli SI tizimini işlab çiqişga çeklov qöyiş tarafdori.
Xususan, Arizona ştatidan kongressmen Yasmin Ansoriy ilğor SI turi yaratilişini töxtatib turiş, sunʼiy super intellekt yaratişni esa taqiqlaş taklifini ilgari surgan. Uning sözlariga köra, bu masala yangi köpçilik kun tartibida asosiy örin egallaşi kerak.
Yaqinlaşib kelayotgan özgariş asnosida texnologiya kompaniyalari Kongress bilan hamkorlik strategiyasini qayta körib çiqyapti. FT maʼlumotiga köra, “Meta” va “Palantir” saylovdan oldin ham Demokratik partiya bilan aloqador oğdiruvçilar yollay boşlagan.
Bundan taşqari SI işlab çiquvçilari maʼlumot markazlari qurilişi uçun mahalliy yordam ajratiş böyiça qöşimça çoralarni ham muhokama qilmoqda. Takliflar orasida elektr tarmoğiga sarmoya, maktablarni moliyalaştiriş va ekologiya kafolatini taʼminlaş bor.
S.Rahimov, ÖzA