AQSH “Al-Qoida”ning maqsadiga izoh berdi
"Al-Qoida" hali ham Afg‘onistonda va AQSHga zarba berish maqsadidan kechgani yo‘q, deb hisoblaydi AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli.
"Agar ular imkoniyatlarini yana tiklab olsa, ularda AQSHga zarba berish istagi hamon mavjud. Mening o‘ylashimcha, "Al-Qoida" hali ham AQSH bilan urush holatida", – dedi Milli senatda so‘zga chiqib.
Uning fikricha, "Al-Qoida" hali ham Afg‘onistonda.
Bundan avval “Tolibon” harakati vakili Zabiulla Mujohid "Al-Qoida" a’zolari Afg‘onistonda yo‘q, degan edi.