AQSH afg‘onistonlik ayollar taqdiridan xavotirda
AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Biroq, AQSH ma’muriyati afg‘onistonlik ayollar taqdiridan xavotir olmoqda. Chunki AQSH harbiylari Afg‘onistonni tark etsa, Tolibon jangarilari faolligi kuchayadi. 1996-2001 yillarda ham Tolibon hukumatni qo‘lga olgan va ayollarga zulm o‘tkazgan edi.
Ta’kidlash kerak, Bayden tashqi aloqalar qo‘mitasida ma’muriyatning Afg‘onistondagi siyosati to‘g‘risidagi birinchi jamoatchilik muhokamasida yigirma yillik urushni bartaraf etish uchun 11 sentyabrga qadar qo‘shinlarini olib chiqib ketish rejasini e’lon qilgan edi.
Ammo Bayden Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga fuqarolik dasturlarini buzmasligini aytdi. Prezident afg‘onistonlik ayollarga yordam berishda davom etmoqchi.
Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonning rivojlanishiga har yili milliardlab mablag‘ ajratadi. Natijada mamlakatda ayollarning ta’lim olish va ijtimoiy hayotdagi faolligi ancha ortdi.