«Aqlli» svetoforlardan haydovchilar mamnun
Ma’lumki, «Aqlli» svetoforlar haydovchining tezlikni oldindan hisoblab, keskin tormoz berishdan, ortiqcha asabiylashishdan saqlaydi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini oladi.
«Aqlli» svetoforlarning kichik bo‘lsa-da, o‘ta muhim qismi — bu taymerlari. Ular vaqtning uzoqdan ham aniq va ravshan ko‘rinishi uchun maxsus uslubda o‘rnatilmoqda.
Ushbu taymerlar tufayli yo‘ldagi noaniqlikka chek qo‘yiladi.
–Oddiy svetoforlar oldin tezda yonib qolardi va to‘xtashga ulgurmay tormoz bosardik, – deydi haydovchi Sardor Davronov. – “Aqlli” svetoforlarning foydasi shundaki, yashil chiroq yonishini 4 soniya oldin bilib shunga moslashamiz. Bu haydovchiga ham yo‘lovchilar uchun ham qulay bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA