Nike va Hyperice sportchilarga oyoqlar tezroq qizib olishi va tiklanishiga yordam beradigan futuristik Hyperboot krossovkalarini sotuvga chiqarilishini e’lon qildi.

Ushbu model birinchi marta o‘tgan yozda taqdim etilgan edi. Joriy yil 17-may kuni Shimoliy Amerikada 899 dollardan sotuvga chiqarila boshlaydi. Keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Hyperboot  — bu ikki xil havo kamerasi va isitish elementlaridan iborat tizim bilan jihozlangan baland krossovkalar bo‘lib, ular butun poyabzal ustiga bir tekis issiqlik tarqatadi. Kompressiya va isitishning kombinatsiyasi oyoq va to‘piq mushaklarini faollashtiradi, bu esa mashg‘ulot boshlanishidan oldin ham o‘zingizni yengil his qilishingizga yordam beradi.

Modelni sinovdan o‘tkazgan professional sportchilar va havaskorlar ushbu texnologiya ularning odatiy qizib turish va tiklanish jarayonlarini, nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham sezilarli darajada yaxshilaganini ta’kidlaydilar. Parij olimpiadasi chempioni Sha Kerri Richardson Hyperboot sayohatlar va musobaqalarda vaqtni tejashga yordam berishini va uning oyoqlari yo‘lga chiqishdan oldin ham startga tayyor bo‘lishini aytdi.

Poyabzal uchta isitish darajasini — 44, 48 va 52 °S va uchta kompressiya rejimini — 50, 130 va 210 mm Hg taklif etadi. Sozlamalarni krossovkalardagi tugmalar yordamida qo‘lda, shuningdek, Hyperice mobil ilovasi orqali o‘zgartirish mumkin. O‘rnatilgan batareyalar 1,5 soatgacha avtonom ishlaydi. Bir juft poyabzalning og‘irligi 1,7 kg.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fKvK2-Mgaao" title="Aqlli krossovkalar sotuvga chiqariladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aqlli krossovkalar sotuvga chiqariladi (+video)