"Apple" ortiqcha xarajatlarni kamaytirmoqchi
"Apple" boshqa kompaniya va startaplarni sotib olishga kamroq pul sarflaydi.
"RIA Novosti"ning "Bloomberg" ma’lumotiga asoslangan xabariga ko‘ra, "Apple" kompaniyasining mutaxassisi Mark Gurman korporatsiya startaplar va IT firmalarni sotib olish uchun byudjetni keskin qisqartirish hisobiga ortiqcha xarajatlarni kamaytirmoqchi.
Qayd etilishicha, 2021 va 2022 yillarda "Apple" bunday xaridlar uchun taxminan 200 million dollar sarflagan. Bu kompaniya ilgari sarflagan mablag‘dan ancha kam bo‘lib, xususan, 2020 yilda IT giganti turli kompaniyalarni sotib olish uchun 1,5 milliard dollar ajratgan.
Xabarda, xususan, kompaniya tomonidan har hafta yangi startaplar va so‘nggi olti yil ichida 100 ta kompaniya sotib olgani qayd etilgan.