Bloomberg agentligining ma’lumot berishicha, yangi mutaxassislari 6G simsiz aloqa tarmog‘ini 2030 yilgacha ishga tushirishi kerak.
Shu bois kompaniya aloqa tarmog‘ining oltinchi avlodini (6G) yaratish ustida ishlaydigan xodimlarni qidirishni boshlagan. Xabarda aytilishicha, "5G/6G simsiz tizimi ustida ishlaydigan muhandis-tadqiqotchi" lavozimiga bo‘sh joy borligi haqda e’lon berilgan.
Apple yangi xodimiga "yangi avlod simsiz aloqa tizimi (6G)ni yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib borishni" taklif etadi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, u "6G texnologiyalariga bag‘ishlangan sohaviy va akademik anjumanlarda ham ishtirok etishi" kerak.
Apple kompaniyasiga 1976 yilda asos solingan bo‘lib, u dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniyaning bozor qiymati 2 trillion dollarga teng.