Apelsinning yangi navi import o‘rnini bosa oladimi? (+video)
2023 yili O‘zbekistonga salkam 12 ming tonnaga yaqin apelsin xorijdan import qilingan. Bozorlarimizga 8 mln dollarga yaqin mahsulot chetdan sotib olindi. Bu esa yurtimiz seleksioner olimlari oldida katta vazifa turganligini anglatadi.
Xalqimiz sevib iste’mol qiladigan ushbu mahsulotni iqlimlashtirish, mahalliy navlar bilan chatishtirib, raqobatbardosh yangi navlar yaratish imkoniyati mavjud. Chunki, yurtimizda quyoshli kunlarning ko‘pligini, apelsinning sovuqqa chidamliligini inobatga olinadigan bo‘lsa, uni yetishtirishda qanchalik imkoniyatlar yuqori ekanligi ayon bo‘ladi.
Bu borada mamlakatimiz seleksioner olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar e’tiborga molik. Shu kunlarda o‘zbek seleksioner olimi Toshkent Davlat Agrar universiteti dotsenti, “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi ilmiy xodimi Muhammadaziz Faxriddinov shogirdi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar intstituti tayanch doktoranti Bunyod Ballasov bilan yiliga to‘rt marta hosil beradigan apelsinning yangi mahalliy navini yaratishdi va yaqin kunlarda patentlashtirishadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7k1Wd3eODl4" title="Apelsinning yangi navi import oʻrnini bosa oladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov,
Anvar Ahmedov (video), O‘zA