Vatanimiz tarixidagi 26 noyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1898 yil (bundan 126 yil oldin) – tarixchi Sanobar Shodmonovaning qayd etishicha, Samarqand viloyatining Anzob qishlog‘ida joriy etilgan karantin bekor qilindi. Shu yilning sentyabr boshidan Anzob qishlog‘ida o‘lat kasalligi tarqalib, bir oy ichida 357 kishi kasallikka chalingan, shulardan 219 kishi vafot etgan, faqat 4 kishi (3 erkak va 1 ayol) tuzalib ketgan edi. 27 sentyabrda uyezd ma’muriyati bundan xabar topib, 3 oktyabrda bu yerga uyezd vrachi jo‘natilgan.  

Ma’lumotlarni foiz hisobida olganda, aholining 63 foizi bu kasallikka chalingan, bemorlarning 97 foizdan oshig‘i vafot etgan hamda 1 foizigina tuzalgan.

Sanobar Shodmonovaning yozishicha, kasallik butun Turkistonga tarqalib ketmasligi uchun uning oldini olishga kirishiladi. Qishlokda shifoxona yo‘qligi uchun bitta uy shifoxona uchun moslashtiriladi. Ko‘rilgan choralar natijasida oktyabr oyida kasallar soni kamayadi, agar sentyabrda kuniga deyarli 10 kishi kurbon bo‘lgan bo‘lsa, oktyabrda hammasi bo‘lib 20 kishi kasalga chalingan, shulardan 18 nafari vafot etgan.  

Anzob qishlog‘ida o‘lat kasalligi epidemiyaga aylangani haqidagi xabar butun Rossiya imperiyasini vahimaga soladi. Rossiya imperiyasidan bu kasallikni o‘rganish uchun shifokorlar jo‘natiladi. Ular mahalliy aholi orasida kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishadi. Jumladan, 1899 yilda Peterburgdan Samarqandga tibbiyot fanlari doktori Yagodinskiy taklif qilinadi, u samarqandlik mudarris va talabalarga yuqumli kasalliklar, xususan o‘lat haqida ma’ruza o‘qib, unga qarshi zamonaviy usullarda kurashish yo‘llari haqida ma’lumot beradi. A.Bazarbayevning ma’lumot berishicha, Yagodinskiyning ma’ruzasi o‘zbek tiliga tarjima qilib turiladi. Bu Samarqand madrasalarida bu tarzda o‘qilgan birinchi ma’ruza edi.  

1917 yil (bundan 107 yil oldin) – Qo‘qon shahridagi paxta birjasi binosida (eski teatr binosi o‘rnida) Turkiston o‘lka musulmonlarining uch kun davom etgan favqulodda to‘rtinchi qurultoyi ish boshladi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o‘sha davr gazetalariga tarix uchun muhrlab qo‘yilgan. 26 noyabr soat 12 da tashkiliy hay’at a’zosi Mustafo Cho‘qayev qurultoyni ochiq deb e’lon qildi, – deb yozilgan edi “Turkestanskiy vestnik” gazetasida. Unda o‘lkaning 5 viloyatidan 200 nafardan ziyod vakillar ishtirok etdilar.

1921 yil (bundan 103 yil oldin) – Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi “BXSRdagi davlat soliqlari to‘g‘risida” qonun qabul qildi Unda yangi hukumatning soliq siyosati o‘z aksini topdi. Bu qonun bilan mamlakatda shu paytgacha “Markaziy va mahalliy hukumat idoralari tomonidan undirib olinayotgan mahsulot va pul soliqlari bekor qilindi”.  

Tarixchi Mahmud Ochilovning yozishicha, 1922 yil 1 yanvardan boshlab 5 soliq turi: 1) hosilining 1/10 qismi miqdorida olinadigan ushr (ushur) solig‘i; 2) chorvaning 1/40 qismi miqdorida olinadigan zakot (zakoti savomiy); 3) hunarmandchilik ustaxonalari uchun soliq; 4) savdogarlar uchun boj solig‘i; 5) turli hujjat va shartnomalar tuzilganda maxsus soliq solinadigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Buxoro amirligida aholidan davlat va hukmdor foydasiga rasmiy – xiroj, zakot, tanobona, mirobona, junjul va qo‘shimcha – kafsan, kotibona, muxrona, samon puli, qo‘shpuli kabi soliqlar undirilgan. Tarixiy manbalarning birida Qo‘qon xonligida aholidan 32 xil soliq undirilgan deyilsa, tarixchi Abdullajon Juvonmardiyevning asarida Farg‘onadagi soliq va majburiyatlarning 90 turi sanab o‘tilgan.

1975 yil (bundan 49 yil oldin) – Jizzax viloyatidagi Arnasoy, Samarqand viloyatidagi Nurobod tumanlari tashkil etildi, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi Qorao‘zak tumani qaytadan tashkil etildi.

1992 yil (bundan 32 yil oldin) – Toshkentda Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi bilan Tunis Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Protokol imzolandi. Tunis Toshkentda o‘z diplomatik vakolatxonasini ochishga qaror qilgan 61-davlat bo‘ldi.

2018 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Zamonaviy maktab»larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anzob epidemiyasi