Chexiyaning Praga shahrida o‘tkazilgan "Josef Odlozil Memorial" xalqaro turnirida hamyurtimiz Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslarida shohsupaga ko‘tarildi.
Mazkur musobaqada Chexiya, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston, JAR, Urugvay va Jazoir kabi bir qator mamlakatlardan kelgan atletlar g‘oliblik da’vosida bahslarga kirdi. Uzunlikka sakrash dasturida Anvar Anvarov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu bahslarning oltin medali mezbonlar vakili Petr Mayndlshmidga nasib etgan bo‘lsa, JAR sharafini himoya qilgan Rusval Samaay bronza medaliga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda yengil atletikachimiz Anvar Anvarov Gretsiyaning Kalamata shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda oltin medalni, Vengriyada o‘tkazilgan Gran-pri musobaqasida esa kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA