Antidoping masalalari muhokama qilindi
Poytaxtimizdagi Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan antidoping masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan antidoping masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan 2020 yili Tokio shahrida (Yaponiya) oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilgan mazkur seminarda mamlakatimiz sport federatsiya va assotsiatsiyalaridan tashrif buyurgan mutasaddilar va shifokorlar, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) eksperti, Qozogʻiston Milliy antidoping markazi direktori Mayra Bakasheva taqdimot oʻtkazdi.
Seminarda sportchilar manfaatini himoya qilish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi. Sportchi, murabbiy, tibbiy va texnik xodimlarning huquq va majburiyatlari, sportda halollikni taʼminlash masalalari oʻrganildi. Har 5 yilda yangilanib turadigan Butunjahon antidoping kodeksi koʻrib chiqildi.