Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratayotgan omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Mazkur yo‘nalishdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan IT Park, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan hamkorlikda “Anti-Corruption Hackathon – 2025" tanlovi tashkil etildi.  

Unda respublikamizning barcha hududlaridan  yosh dasturchilar davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta’minlash, shu jumladan, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiluvchi dasturiy ta’minotlar, onlayn platformalar ishlab chiqish bo‘yicha bellashdi.

Uch kun davom etgan “Anti-Corruption Hackathon – 2025"da uch kishilik jamoalar o‘zaro bellashdi. Final bosqichida jamoalarning loyihalari yuzasidan taqdimot va dasturiy mahsulotlari baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Uzinfocom” jamoasi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan dasturi bilan birinchi o‘rinni egalladi.  

“Equilibrium” jamoasi sun’iy intellekt yordamida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash dasturi bilan ikkinchi, “Austrum team”jamoasi «Haj» va «Umra» ziyorat tadbirlarini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish dasturi bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mutloq g‘olib jamoa joriy yilning sentyabr oyida Honkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni (“Coding4Integrity”)da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Anti-Corruption Hackathon – 2025" tanlovi g‘oliblari aniqlandi