Antaliya dunyo sayyohlik mutaxassislarini yig‘adi
Turkiyaning Antaliya shahrida bu yil 8-marta o‘tkaziladigan Xalqaro turizm ko‘rgazmasi 100 ga yaqin mamlakatdan soha mutaxassislarini birlashtiradi.
“Anadolu” axborot agentligi xabar berishicha, “Anfash” ko‘rgazma va kongress markazida bo‘lib o‘tadigan tadbirda yangi ish modellari, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, mijoz tajribasi, yashil mehmonxona va barqarorlik kabi mavzular muhokama qilinadi.
40 000 kvadrat metr maydonni band etgan ko‘rgazma bo‘ylab mahsulot va xizmatlar 40 dan ziyod binoga joylashtirilgan.
Yarmarka ma’ruza, sho‘’ba yig‘ilishi va boshqa turli tadbirlar ko‘rinishida davom etadi. Bu yilgi yangiliklardan biri “ATF World” ilovasi ishga tushirilganidir. Ishtirokchilar ko‘rgazma bilan bog‘liq ishlarini ilova orqali amalga oshirishi, masalan uchrashuvlar rejalashtirishi mumkin.
A.Mamatov, O‘zA