“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”

O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz uchun Mustaqillik bayrami tadbirlarini tashkil etmoqda.

Istiqlolimizning 34 yilligi shukuhi Turkiyaning Anqara shahriga ham yetib bordi.

O‘zbekistonimiz Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganiga va o‘z taraqqiyot yo‘liga o‘tganiga 34 yil to‘ldi.

Qayd etish joiz, mamlakatimizda mustaqillik ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda tub islohotlarni amalga oshirish imkonini yaratdi. Xalqimizning azaliy hayot tarzidan chuqur o‘rin olgan urf-odatlari va an’analari Istiqlol tufayli qayta jonlandi. 

Inson Vatan tuyg‘usi bilan yashashi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona yurtini sevishi va ardoqlashi, yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olishi eng oliy tuyg‘u hisoblanadi. 

Shu kunlarda mustaqilligimizning 34 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng shodiyona qilinmoqda. Eng ulug‘ va eng aziz bayram nafaqat yurtimiz, balki xorijiy davlatlarda ham ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Xususan, Turkiyaning Anqara shahrida ham Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda mamlakatimizning Turkiya Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan bayram tadbirida Anqara shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizning Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov, Migratsiya agentligining direktori o‘rinbosari Matlab Quranov va boshqalar so‘zga chiqib, bayram har bir o‘zbekistonlik qalbida faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishini qayd etishdi.

[gallery-25094]

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha sakkiz yil oldin boshlangan keng ko‘lamli islohotlar tufayli jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy manzarasi butunlay o‘zgarib bormoqda.

O‘tgan davr mobaynida Asosiy qomusimiz yangilandi, O‘zbekiston tobora inson qadri, uning huquq va erkinliklari, manfaatlari ulug‘lanadigan ijtimoiy davlatga aylanib bormoqda. Bandlikni ta’minlash, zamonaviy ish o‘rinlarini ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, yordamga muhtoj toifalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari katta ijobiy natijalar berib kelmoqda.

— O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik va integratsiya jarayonlarini kuchaytirishdagi o‘rni va nufuzi ortib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Yangi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida ochiq, demokratik va dunyoviy davlat sifatidagi obro‘-e’tibori va nufuzi tobora yuksalib bormoqda. So‘nggi yillarda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan yurtdoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, huquq va manfaatlarini to‘laqonli va har tomonlama himoya qilish sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Turkiya Respublikasida fuqarolarimiz asosan qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatlarini olib bormoqdalar. Bugungi bayram Anqarada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi, — dedi mamlakatimizning Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov.

Darhaqiqat, ayni paytda ko‘plab vatandoshlarimiz iqtisodiyotimiz, ijtimoiy soha, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish, O‘zbekiston obro‘sini oshirish hamda uning tashqi dunyo bilan munosabatlarini mustahkamlashda munosib va sezilarli hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Migratsiya agentligi tomonidan fuqarolarning xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, xorijdagi yurtdoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan tadbir ham Vatandan olisda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz qalbida chuqur iz qoldirdi. Yurtdoshlarimizning Vatanga bo‘lgan muhabbatini, mehrini ko‘rsatib berdi. 

— Mustaqillik mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun qadrli, ulug‘ bayram, — deydi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Matlab Quranov. — Vatandan olisda bo‘lgan yurtdoshlarimiz bu tuyg‘uni yanada ko‘proq his qilishlari tabiiy. Shu jumladan, Istiqlolimiz shodiyonalarini xorijdagi yurtdoshlar bilan ishonlash ham yaxshi an’anaga aylandi. Migratsiya agentligi bu borada tegishli tashkilotlar, elchixonalar bilan hamkorlikda bir qator davlatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz uchun bayram dasturlarini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur loyiha doirasida Rossiya, Koreya Respublikasi va Turkiyada bir qator bayram dasturlarini tashkil etmoqda. Bugun navbatdagi bayram dasturi Turkiya Respublikasining Anqara shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Yurtdoshlarimiz bundan juda mamnun.   

Bayram tadbirlari ommaviy saylga ulanib ketdi. Ishtirokchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Unda yurtdoshlarimiz futbol, milliy kurashimiz, yugurish va arqon tortish bo‘yicha bellashdi. Mazkur musobaqalar yurtdoshlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilishi ahamiyatga molik. Sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan yurtdoshlarimiz diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

—Men hozirda Turkiya Respublikasida qurilish sohasida ishlayapman, — deydi Kamol Ortiqov. — Mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonasi ruhini biz Anqarada ham sezyapmiz. Chunki, bu yerda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bayram tadbiriga yig‘ildik. Ilgari eng ulug‘ bayramimizni Vatandan uzoqda turib televizor orqali tomosha qilardik. Bugun esa Anqarada istiqlol bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlayapmiz. Bundan boshimiz ko‘kka yetdi, juda xursandman. Bayram munosabati bilan turli sport musobaqalari tashkil etildi. Bu birdamligimiz, hamjihatligimizni yanada mustahkamlaydi. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. 

Bayram tadbirlari davomida o‘zbek milliy taomi bo‘lgan osh tayyorlandi. Bayram dasturxoni yozilib, osh tortiq qilindi.

—Mustaqilligimizning 34 yilligi Anqarada ham nishonlanishini eshitib, juda xursand bo‘ldik. Ko‘plab yurtdoshlar singari bayramni nishonlash uchun keldik. Avvalo, davlatimizga g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Shu bilan birga, mazkur tashabbusni ilgari surgan Migratsiya agentligiga rahmat aytamiz. Qarang, qanday go‘zal tadbir, hamma yurtdoshlar ko‘tarinki kayfiyatda, hamjihat. Biz ham Vatandan yiroqda bo‘lsakda, yurtimizning bir bo‘lagi, a’zosi ekanini yurakdan his qildik, — dedi Zamiraxon Xalilova.

Shodiyonalarning madaniy qismida elimiz suygan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Vatan, mehr-muhabbat, do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. 

Nurillo NASRIEV, O‘zA

Anqara shahri, Turkiya

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anqarada mustaqilligimizning 34 yilligi shodiyonalari