ANORBANK’dan tezkor rasmiylashtiriladigan bolalar kartasi - UZCARD KIDS Moment
ANORBANK birinchi bo‘lib - bir necha daqiqada olish va bank ilovasida ota-onaning akkauntiga ulash mumkin bo‘lgan, oldindan chiqarilgan UZCARD KIDS Moment - bolalar kartasini taqdim etdi.
Endi ota-onalar UZCARD KIDS bolalar kartasini ulash va nazorat qilishning yangi usulidan foydalanishlari mumkin. ANORBANK’da UZCARD KIDS Moment kartasi taqdim etildi - u ota-onaning akkauntiga bog‘lanadi va bank ilovasi orqali boshqariladi.
Hozirda Moment bolalar kartasini Toshkent hayvonot bog‘idagi ANORBANK promo-stendida olish mumkin. Ayni paytda bu yerda UZCARD KIDS egalari uchun bepul kirish imkoniyati taqdim etilayotgan aksiya davom etmoqda. Yaqin vaqt ichida karta bankning barcha filiallarida, jumladan, hududlarda ham mavjud bo‘ladi. Uni rasmiylashtirish taxminan besh daqiqa vaqt oladi.
Kartani ulash uchun ota-ona bank ilovasidagi kartalar bo‘limiga kirib, UZCARD KIDS Moment kartasini qo‘shishi, karta raqami va amal qilish muddatini kiritishi, so‘ng bolaning F.I.Sh. ma’lumotlarini ko‘rsatib, identifikatsiyadan o‘tishi kerak. Faollashtirilgandan so‘ng bolaning kartasi ota-onaning akkauntida paydo bo‘ladi.
Ilovada karta bo‘yicha operatsiyalarni kuzatish, kartani to‘ldirish, xarajatlarni nazorat qilish va zarur hollarda uning sozlamalarini boshqarish mumkin. Shuningdek, operatsiyalar haqida SMS orqali qo‘shimcha xabarnoma olish imkoniyati ham mavjud.
Bolaning o‘zi esa UZCARD KIDS Moment’dan kundalik xaridlar va to‘lovlar uchun oddiy bank kartasi kabi foydalanishi mumkin. Kartani chiqarish bepul, uni 3 million so‘mgacha komissiyasiz to‘ldirish mumkin.
Yangi format UZCARD KIDS rivojining navbatdagi bosqichi bo‘lib, ota-ona nazoratini saqlagan holda bolaga kundalik xarajatlarda ko‘proq mustaqillik beradi. Shaxsiy karta bolaga yoshligidan pulni to‘g‘ri boshqarish, xaridlarni rejalashtirish va mas’uliyatli moliyaviy xulq-atvor ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga yordam beradi.
UZCARD. Qulay yashang.