Anorchilik sohasini rivojlantirish, ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor vakillariga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilgan. Navoiy viloyati Navbahor tumanining Armijon mahallasida alohida anorchilik maktabi shakllangan.

Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Armijon mahallasida bo‘lib, aholi, jumladan, xotin-qizlarning anor yetishtirish bilan shug‘ullanishlari, oilaviy daromadini oshirish maqsadida alohida bepul o‘quv kurslar tashkil etish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surgan edi.  

Aynan bugun mahallada anorchilik sohasini rivojlantirish orqali hudud aholisining turmush darajasini yaxshilash, anor mahsulotlarini sotish hisobiga tuman eksport salohiyatini oshirish maqsadida Navoiy viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan bepul o‘quvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va o‘qitiladigan xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.  

– Anor ekilgandan so‘ng hosilga kirguncha ketadigan vaqt va mehnatni hisoblamaganda serdaromad soha, – deydi Gulchehra Abdurahmonova. – Anorning turi ko‘p, biri sovuqqa o‘ta chidamsiz, biri mayda donali, biri tez yoriluvchan, biri taxirroq. 20 yildan buyon oilaviy anorchilik bilan shug‘ullanamiz. Hozirgi kunda tomorqamizda 400 dona anor daraxti mavjud bo‘lib, har yili 12-14 tonna mahsulot olamiz. 2024 yilda 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘ydik. Hozirda 8 ming dona anor ko‘chatini parvarishlamoqdamiz.  

Bugungi kunda mahallada 1775 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, 380 nafari anorchilik bilan shug‘ullanadi. Ularning 241 nafarini ayollar tashkil etadi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anor yetishtirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilmoqda