Navoiy shahrida tashkil etilgan «Mumtoz she’riyat» xalqaro she’riyat festivali hamda TURKSOY Yozarlar birligining birinchi yig‘ilishida atoqli adib, ustoz ijodkor, TURKSOY Yozarlar birligi faxriy raisi, Ozarbayjon xalq yozuvchisi Anor Rzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Tavalludiga 85 yil to‘lgan bu ijodkorni adabiyot muxlislari borki, Anor muallim, deb ataydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Anor Rasul o‘g‘li Rzayev 1938 yili 14 mart kuni Boku shahrida tavallud topgan. Ustoz ijodkor nainki yozuvchi, balki rejissyor, ssenariynavis, jamoat arbobi sifatida samarali faoliyat yuritadi.

Anor muallim shoirlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Rasul Rza hamda onasi Nigor Rafibeyli Ozarbayjonda taniqli shoirlar edi. Anor muallim musiqali maktabni a’lo baholarga tamomlab, 1955 yili Ozarbayjon davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Oliygohni tamomlab, Moskvadagi Oliy ssenariy kursi, keyinroq esa Oliy rejissyorlik kursida tahsil oladi.

Yozuvchi o‘z faoliyati davomida «Gobustan» san’at almanxi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi, mamlakat Milliy Majlisi ( Parlamenti), Turkiyzabon davlatlar yozuvchilar uyushmasida samarali faoliyat ko‘rsatdi.

Uning asarlarida zamon muammolari, an’ana va qadriyatlar, ularga odamlarning munosabati kabi dolzarb masalalarga keng o‘rin berilgan. Anor muallim ona tili rivoji, milliy an’analarni asrash, kitobxonlarning adabiy didini yuksaltirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan ziyolilar darg‘asi sifatida e’zozlanadi.

Anor muallim «Dantening yubileyi», «Oq ko‘rfaz», «Besh qavatli uyning oltinchi qavati», «Muloqot», «Sizsiz» kabi asarlarida zamondoshlar obrazini yaratishga intiladi. An’anaviy tushuncha va urf-odatlarning odamlar hayotiga ta’sirini tadqiq qiladi. Ijodkorning bir qator asarlari asosida kinokartinalar ham yaratilgan.

Anor muallim O‘zbekistonda bir necha bor bo‘lgan. Ustoz ijodkor mamlakatimizda milliy adabiyot rivoji yo‘lidagi e’tibor, amaliy g‘amxo‘rlikni doim yuksak e’tirof etadi.

Anor muallimning Vatanimizning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanishi ildizi, o‘zagi bir, bir-biridan ilhom olgan, bir-birini to‘ldirgan, o‘ziga xos an’analar bilan boyitgan turkiy adabiyotimiz rivojiga mamlakatimizda ko‘rsatilayotgan e’tiborning amaliy ifodasidir.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anor muallim – turkiy adabiyotning jonkuyari