Bugun, 28 aprel kuni yurtimizga World Aquatics prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) bosh direktori Husayn al Musallam, Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi (ANOC) birinchi vitse-prezidenti hamda Qatar MOQ prezidenti shayx Joaan Ol Soniy, OOK vitse-prezidenti Tani Abdulraxmon al Kuvari boshchiligidagi sport delegatsiyasi yurtimizga keldi.
Martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston suzish federatsiyasi mutasaddilari kutib oldi.

Tashrif davomida xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlari bilan mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, suv sport turlari bo‘yicha mahoratli sport mutaxassislarini tayyorlash asnosida iste’dodli sportchilarni saralash, O‘zbekistonda yirik musobaqalarni o‘tkazishga zarur shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA