Angrenda yangi ijtiomiy soha ob’ektlari ish boshladi
Angren shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan press-turda OAV vakillari shahar hokimi Alisher Rayimov va sektorlar rahbarlari ishtirokida mazkur ob’ektlarning ochilish marosimida qatnashdi.
Dastlabki manzil "Obliq" mahallasida 2-oilaviy poliklinika ish boshladi.
Mazkur 150 qatnovga mo‘ljallangan 2-OP filialida qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish va ishga tushirish.

Zamonaviy ko‘rinish va tibbiyot yutuqlari tatbiq etilgan 150 qatnov quvvatiga ega muassasada aholi uchun barcha qulayliklarga ega. Ikki qavatli binoda barcha xonalar zamonaviy jihozlangan bo‘lib, UZI, EKG, fizioterapiya, laboratoriya uskunalari bilan ta’minlangan. Oliy toifali shifokorlar va hamshiralar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Yangi tibbiyot punkti qurilgani hudud aholisi uchun bayramga katta sovg‘a bo‘ldi. Endilikda mahalla ahli oddiy tibbiy xizmatlar uchun ham uzoqqa bormaydi.
Ochilish marosimida ishtirokchilar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha hududdagi jami ambulatoriya poliklinika muassasalarining quvvati 3 ming 700 quvvatga ega. Ular tor mutaxassislar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi oilaviy poliklinikalarda aholi qabulini oshirmoqda.
Navbatdagi manzil “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 44-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan bu bog‘cha 280 o‘rinli bo‘lib, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Muassasadagi barcha yosh guruhi uchun yotoq va o‘yin xonalari, oshxona, musiqa va sport zali, mo‘jaz kutubxona, tibbiyot xonasi va ma’muriy xonalar zarur mebellar, oshxona jihozlari, bolalar o‘yinchoqlari, sport inventarlari bilan jihozlangan. Bog‘cha hovlisidagi ayvon va ochiq sport maydonchasi obodonlashtirilgan.

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar joylarda bolalar bog‘chalari sonini yanada oshirishga xizmat qildi. Hatto endi eng olis joylarda ham bu borada aholiga qulaylik yaratilyapti.
Shu yil boshidan buyon Toshkent viloyatida 169 ta maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yilligi arafasida esa 12 ta davlat va 2 ta xususiy ish boshlaydi.
Hozir birgina Angren shahrida 3-7 yoshli maktabgacha ta’limga qamrab olingan bolalar 12 ming 780 nafarni tashkil qilyapti. Bu yil yakunigacha bolalarni bog‘chalarga qamrovini 87,5 foizga yetkazish rejalashtirilmokda. Shu maqsadda ko‘plab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari qoshida 1 va 2 smenali 41 ta majburiy bepul bir yillik ta’lim guruhlari tashkil etilgan va 984 nafar bolalar qamrab olingan.
Press-tur davomida jurnalistlar yana bir qator sanoat va ishlab chiqarish tarmoqlarining faoliyati bilan tanishdi.
A.Musayev,O‘zA.