Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 15 may – xalqaro oila kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda uchta namunali oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tumanda barchaga o‘rnak bo‘lib, namunali oila sifatida e’tirof etilganlar safida Qadimiy Angor mahallasida yashaydigan Gavhar Jumayevalar oilasi ham bor. 

Gavhar Jumayeva tumandagi “Angor yog‘dusi” gazetasi bosh muharriri. Turmush o‘rtog‘i Qahramon Ergashev tadbirkor. Ular oila qurganiga qariyb 20 yil bo‘ldi. Ayni paytda ikki nafar o‘g‘ilni tarbiyalab, kamolga yetkazmoqda. Farzandlari umumta’lim maktabida a’lo baholarga o‘qish barobarida ma’naviy barkamolligi bilan boshqa tengdoshlariga ham ibrat bo‘layotir.

Qariyb yigirma yildan buyon jurnalistika va tadbirkorlikni e’zozlab, jamoat ishlarida faol qatnashayotgan oila a’zolari nafaqat mahalla, balki tumanda ham katta obro‘ e’tibor qozongan. Ularning ahilligi, tinch-totuv va farovon turmushiga barcha havas qiladi.

Angorlik namunali oilalar sohibu sohibalariga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alarni tuman hokimi Qosim Mardonov tantanali topshirdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angorning ibratli oilalariga ko‘krak nishoni topshirildi