Angliya hukumati shanba kuni avj olgan koronavirus holatlari tufayli mamlakatdagi barcha maktablar kamida ikki haftaga yopilishini aytmoqda.
O‘rta ta’lim muassasalarini nazorat qiluvchi rasmiylar infeksiyaning yangi turini bartaraf etish uchun kelasi haftadan boshlab Londonda barcha maktablarni yopib turishga qaror qilgan. Kasaba uyushmasi mazkur holat butun mamlakat bo‘ylab kengayishini istayapti. Bu ham o‘qituvchilar, ham bolalar sog‘lig‘idan tashvishlanish ifodasidir.
Murojaatlar shanba kuni Buyuk Britaniyada 57 725 kishi koronavirus bilan bog‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilgani bilan bog‘liq holat qayd etilgandan keyin yuzaga kelgan. Zero, bu kunlik beshta eng yuqori ko‘rsatkichdan biridir. Ta’kidlash kerak, 50000 dan yuqori bo‘lgan ayni raqam ikki hafta oldingi darajadan deyarli ikki baravar ko‘p.
Shanba kungi favqulodda yig‘ilishdan so‘ng 450 mingdan ziyod ishchisi bo‘lgan Milliy ta’lim uyushmasi Bosh vazir Boris Jonsonning konservativ hukumatini kamida ikki hafta davomida onlayn o‘qishga o‘tkazishga chaqirdi. Shuningdek, a’zolarga koronavirus holati, kasalxonaga yotish va o‘lim xavfiga daxldor muhitda ishlamaslikka qonuniy huquqi borligi aytilgan.
Kasaba uyushmasi ushbu qaror juda zarur ekanini e’tirof etarkan, dastlab yangi yuqumli kasallik ko‘paygan joylarda ba’zi maktablarni qayta ochishga ruxsat berishni rejalashtirgani uchun hukumatni tanqid qildi.
O‘qituvchilarning yana bir kasaba uyushmasi “NASUWT” ham virus xavfi sababli zudlik bilan mamlakat bo‘ylab masofaviy ta’limga o‘tishni tezlashtirish tarafdori.
Anchayin og‘ir bosqichida turgan Birlashgan Qirollikda aniqlangan yangi koronavirusni ko‘pchilik mutaxassislar 70 foizgacha yuqumli, demoqda.
Behro‘z XUDOYBERDIEV, O‘zA