Angliya terma jamoasi bazasi yaqinida otishma sodir bo‘lgan va 9 nafar shaxs jarohatlangan
Gumonlanuvchilar hali qo‘lga olinmagan va politsiya qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Angliya terma jamoasi mundialga tayyorgarlik ko‘rayotgan Kanzas-Sitida katta otishma holati sodir bo‘lgan.
The Athletic nashri bergan xabarlarga ko‘ra, hodisa shanba kuni ertalab soat 4lar atrofida, inglizlarning o‘quv-yig‘in mashg‘ulot lageridan 10 daqiqalik masofada va mundial davomida foydalanadigan mehmonxona yaqinida sodir bo‘lgan. Kanzas-Siti politsiyasi voqea joyiga yetib kelgan vaqtda olomon tarqalishni boshlagan edi. Ular orasida 3 nafar ayol jarohat olganligi aniqlangan va shifoxonaga yetkazilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, jami 9 nafar shaxs jarohatlangan, ularning barchasi hayot uchun xavfli bo‘lmagan tan jarohatlar olgan. Gumonlanuvchilar hali qo‘lga olinmagan va politsiya qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Ayni vaqtda Angliya terma jamoasi futbolchilarida Floridada tayyorgarlikni davom ettirmoqda.