Maktab ostonasiga qadam qo‘yishim bilan chet tillariga bo‘lgan oddiygina qiziqish ulkan orzular sari yetakladi. Angliyaning tarixi, madaniyati bilan birga iqtisodiyoti, taraqqiyot omillarini o‘rganishga ishtiyoqim oshdi. Ulardagi rivojlanish bosqichlari, necha asrlik davlat strategiyasi haqidagi ma’lumotlar yangi maqsadlarni tug‘dirdi.

Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining 1-kurs o‘quvchisiman. Qishki ta’tilda akademik litsey mutasaddilari tomonidan tashkil etilgan loyiha asosida 10 nafar litsey o‘quvchisi Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdik.  

Loyihaning maqsadi ingliz tili grammatikasi, so‘zlashuv uslubini o‘rganish hamda Angliya tarixi, madaniyati, an’analari va ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdir. Shu bilan birga mamlakatning turistik salohiyati hamda bugungi kundagi iqtisodiy o‘sish darajasi haqida batafsil ma’lumot berib boriladi.  

[gallery-15547]

Dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri Londonning diqqatga sazovor joylarini aylanar ekanman, paydo bo‘lgan ajoyib taassurotlarimni sizlar bilan bo‘lishgim keldi.  

Jamoat transportlari  

Londonda jamoat transporti tizimi juda ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bekatlar, stansiyalar, shuningdek, shahar elektrichkalari uchun temir yo‘l, metro infratuzilmasi kabi mezonlar hisobga olingan. Bejirim ikki qavatli avtobuslar, ilk metro bekatlari, tez yurar shahar elektrichkalari bilan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transportlari hattoki bir daqiqaga ham kechikmaydi. Ko‘chalarda shaxsiy avtomashinalar deyarli yo‘q. Shahar aholisi va turistlar uchun jamoat transportidan foydalanish qulay. Ko‘chalar toza, obod bo‘lishi bilan birga ancha tor bo‘lib, tarixiyligi saqlab qolingan. Yo‘l harakati qoidalariga jiddiy amal qilinadi. To‘g‘risi, Londonning tor ko‘chalari ozgina yuragimni siqdi, keng ko‘chalarga o‘rgangan ko‘zimga torlik qildi, shekilli.  

Shu o‘rinda shaharning metro bekatlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Tarixdagi ilk metro yo‘li 1863 yil Buyuk Britaniya poytaxti Londonda ochilgan. 3,6 kilometr uzunlikdagi ushbu metro liniyasi shaharning Farrington ko‘chasi va Paddington temir yo‘l vokzalini bog‘lagan. O‘sha davrda “Texnologiya mo‘’jizasi” nomini olgan metro vagonlari hozirda ham tarixiyligini yo‘qotmagan. Har kuni millionlab yo‘lovchilarni o‘z manziliga yetkazayotgan yerosti transporti aniq grafikka egaligi, tezligi va ishonchliligi bilan shahar mehmonlarida ajoyib taassurot qoldiradi.  

Ona tabiat  

Angliyaga kelgan kunimizdan buyon London, Norvich, Kembridj, Manchester shaharlarida bo‘ldik. Har bir shahardagi tabiat manzarasi go‘zal va betakror. Ayniqsa, sayilgoh, bog‘lari fauna va floraga boy. O‘n beshdan ortiq qush turlari mavjud. Bu yerdagi daraxtlarning har biri tarixiy bo‘lib, ular qirollar ovining guvohi bo‘lganligi gidlar tomonidan chiroyli tarzda ifoda etiladi. Dam olish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bolalar maydonchalari va sport yo‘laklari alohida belgilab qo‘yilgan. Londonning bog‘lari menda katta taassurot qoldirdi. Angliyada turizm shu qadar rivojlanganki, shaharlaridagi har qarich burchakning tarixiyligi asrab qolingan.  

Ta’lim  

Loyiha doirasida Buyuk Britaniyaning qadimiy shaharlaridan biri Norvichda ikki haftalik o‘quv darslariga qatnashyapmiz. “Flying Classroom” o‘quv markazida yuqori toifaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Unda bilimimizni oshirish va til ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi amaliy uslublar hamda ingliz tilining grammatikasi bo‘yicha yangi metodikalar o‘rgatilyapti. Shuningdek, o‘quv jarayonlarida Yaponiya, Braziliya, Urugvay, Chili va Avstraliyadan kelgan o‘quvchilar biz bilan birga ishtirok etmoqda.  

Angliyada ta’lim tizimi uzoq yillik tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Barcha fuqarolar uchun majburiy ta’lim 5 yoshdan 16 yoshgacha. Ta’lim sifat standartiga bo‘ysunadi. Davlatda ta’limning 2 sektori mavjud bo‘lib, ular davlat tomonidan bepul va xususiy pullik ta’lim hisoblanadi.  

Dars mashg‘ulotlari davomida tengdoshlarimiz bilan o‘z mamlakatimizning iqtisodi, turistik salohiyati, istiqbolli yo‘nalishlari haqida suhbatlashdik. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar va seminarlar davomida ingliz tili doirasida ko‘rik-tanlovlar tashkil etyapmiz. Men O‘zbekiston xalqining mehmondo‘stligi, sayohat manzillari, mashhur taomi palov haqida ma’ruza tayyorladim. Tengdoshlarimizning yurtimizga bo‘lgan qiziqishi, havasini ko‘rib faxrlandim.  

Shuningdek, dastur davomida o‘quvchilar uchun Norvich shahrining diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, muzeylariga sayohat, turli ko‘ngilochar tadbirlar va Kembridj, Manchester shahriga turlar tashkil qilinmoqda.  

Hozir dunyoning eng go‘zal va mashhur, taraqqiy etgan davlati Buyuk Britaniyadaman. Bu mening orzuyim edi. Litsey o‘quvchisi bo‘lishimga qaramay davlatimiz rahbari tomonidan biz yoshlarga berilayotgan bunday imkoniyatlardan minnatdorman. Kelgusida Vatanimiz rivoji, uning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga harakat qilaman.  

Ilk bor Vatan sog‘inchini his etdim. Ota-ona mehri, oila og‘ushi, mahalla-ko‘y e’tibori, jamiyat ardog‘ini tushundim. Bu millatimizning, madaniyatimizning o‘ziga xos necha asrlik ko‘rki ekanini angladim. Faxr bilan aytamanki, men O‘zbekiston farzandiman. Kelajakda qaysi soha egasi bo‘lmay ona yurtim uchun xizmat qilaman.  

Abdulaziz Akramov,  

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  

akademik litseyining 1-kurs o‘quvchisi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Angliya taassurotlari