Angliya eng qattiq lokdaunga kirdi
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangani bois mamlakatda lokdaun e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi kunlarda Buyuk Britaniyada yangi shtammning tasdiqlangan yangi holatlari ortib bormoqda va tibbiyot tizimi ortiqcha yuklanish xavfiga duch kelmoqda. Bosh vazir Boris Jonson Angliya olti hafta ichidagi yuqori darajadagi lokdaunga kirganini e’lon qildi.
Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Uels xuddi shunday choralarni ko‘rishni boshlaydi.
Bu Angliyada avj olgan, o‘tgan yilning martidan buyon uchinchi eng qattiq lokdaundir.
“Men bu qanchalik qiyinligini tushunaman, siz hukumat pandemiyaning oldini olish bo‘yicha eslatmalarni qayta-qayta takrorlashidan charchadingiz, ammo endi har qachongidan ham ko‘proq birlashishingiz kerak”, – dedi Jonson.
Mutatsiyaga uchragan virus pandemiyani tezlashtiradi
Ushbu karantin o‘tgan yil mart oyidagi birinchi lokdaunga o‘xshash bo‘ladi. Aholi uyda o‘tirishlari shart. Muolajaga chiqish, kuniga bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish yoki eng zarur narsalarni sotib olish uchun tashqariga chiqish kabi bir nechta istisnolardan tashqari ko‘chaga chiqish qat’iyan taqiqlanadi. Barcha maktablar yopiladi va faqat do‘konlar ishlaydi.
Jonson o‘tgan oyda aniqlangan mutant koronavirusi "ko‘ngilni xira qiladigan" tezlikda tarqalayotgani va Britaniya tibbiyoti "kasallik tarqalgandan beri eng katta bosim" ostida qolayotgani to‘g‘risida ogohlantirdi. Shuningdek, u tasdiqlangan bemorlar sonining ko‘payishi bilan yaqin haftalarda vaziyat yanada qiyinlashishini ma’lum qildi.
Shohida Jalilova O‘zA