Angliya bosh murabbiyi Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yulduz futbolchilarni ogohlantirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026-yilgi jahon chempionati uchun jamoa tarkibidan hech kimga, jumladan, Fil Fodenga ham joy kafolatlanmaganini ma’lum qildi.
U jurnalistlarning «Manchester Siti» futbolchisining o‘yini haqidagi tegishli savoliga shunday javob berdi.
«Bu uning tarkibdagi o‘rni kafolatlanganini anglatmaydi. Men u bizni hayron qoldirishini, o‘sha ishtiyoq va g‘ayrat bilan harakat qilishini kutgan edim, biroq hozircha u o‘zini to‘liq ko‘rsata olmayapti», — deya Tuxelning so‘zlarini keltirmoqda BBC nashri.
Eslatib o‘tamiz, kecha Angliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiya jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Jahon chempionatida inglizlar Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olganlar.