Andrey Shevchenko FIFA rahbari bilan Rossiya terma jamoasi masalasida suhbatlashgan
Agar rossiyaliklar qaytib kelishsa...
Ukraina milliy terma jamoasi va "Milan" klubining afsonaviy hujumchisi Andrey Shevchenko Janni Infantino bilan Rossiya terma jamoasiga qo‘llanilayotgan sanksiya masalasida suhbat olib borgan. Shu bilan birga, Shevchenko Rossiya terma jamoasining qachon rasmiy musobaqalarga qaytishini taxmin qildi.
"Agar rossiyaliklar qaytib kelishsa, bizda harakat rejasi bor, ammo shoshilmaylik va vaziyatni yaxshilab o‘rganishimiz kerak. Agar bizga tahdid soladigan nimadir bo‘lsa, albatta harakatga tushamiz", - dedi Shevchenko.
Ayni vaqtda Rossiya terma jamoasi faqatgina o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bilan kifoyalanmoqda.