Andijonning Registon maydonida bo‘lganmisiz?
FOTOREPOTAJ
Samarqandning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” bo‘lgan Registon maydoni va uning husniga ko‘rk bag‘ishlab turadigan moviy gumbazli madrasalar yetti iqlimda mashhur.
Buni qarangki, Andijon shahrida ham Registon nomi bilan ataluvchi tarixiy maskan bor. Yaqin yillarda zamonaviy mezonlar asosida ta’mirlangan ushbu maydonda Temuriylar davridan qolgan baland minora, bundan ikki asr muqaddam qurilgan binolar, islimiy naqshli mahobatli ustunlar asl holicha saqlab qolingan.
Chindan ham bu maydon o‘ziga xos yaxlit ansamblni tashkil etadi. Noyob manzarali daraxtlar alleyasi yaratilgan xiyobonda milliy mentalitetimizga xos xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Maydon ro‘parasida yana bir tarixiy maskan – qadimiy dehqon bozori joylashgan.
[gallery-6462]
Bugun qariyb 10 million aholi istiqomat qiluvchi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab “Oltin vodiy halqasi” nomli turistik xarita yo‘nalishi ishlab chiqilib, uning bir bo‘g‘ini sifatida Andijon shahrini turizm markazlaridan biriga aylantirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda Andijon viloyati hokimligi tomonidan mahalliy va xorijlik sayyohlarni keng jalb etish uchun qiziqarli hamda rang-barang reja-dasturlar ishlab chiqilayotgani e’tiborga molikdir.
Andijonga yo‘lingiz tushsa, albatta, Registon maydoniga ham tashrif buyuring. Uzoq-yaqin tarix va bugun tutashgan bu manzil sizda yorqin taassurotlar qoldirishi shubhasiz.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA