Andijonlik sportchilar birinchi
Toshkent tibbiyot akademiyasi sport bazasida ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi sport bazasida ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan yuz nafardan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqada paralimpiyachilar yengil atletikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Musobaqada umumjamoa hisobida andijonlik sportchilar birinchi o‘rinni egalladi. Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari vakillari keyingi o‘rinlarni band etdi.