Andijondagi ustuvor vazifalar, MIB reydlari, BMTdagi nutq, GES-1 muzokaralari, Osiyo o‘yinlari va Millatlar ligasi – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mashinasozlikda o‘z texnologiyalarini yaratish bo‘yicha belgilangan muhim vazifalar, shuningdek, MIBning Qoraqalpog‘istondagi reydlarida qarzdorligi bor 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida global va dolzarb masaalalar yuzasidan nutq so‘zlagani, Olmaotada “Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkazilgani hamda Yaponiyada davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilarning qo‘lga kiritgan yangi medallari o‘rin olgan.
Shuning bilan birga, bugundan boshlanadigan UEFA Millatlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumi tafsilotlariga ham to‘xtalamiz.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA