Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Andijonda zamonaviy velosipedlar ishlab chiqarilmoqda

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishda yuksak samaralar bermoqda.

Andijon shahridagi “Sezam Savdo Sanoat” xususiy korxonasida 8 turdagi bolalar velosipedi hamda “Sezam” bolalar mashinasi ishlab chiqarilmoqda.
– 2008-yilda tashkil etilgan korxonamiz 4 ishchi bilan faoliyat boshlagan edi, – deydi “Sezam Savdo Sanoat” xususiy korxonasi rahbari Olimjon Elchiev. – O‘sha yili “Aloqabank”ning viloyat bo‘limidan olingan 100 million so‘m kredit evaziga xorijdan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi. O‘tgan yillar davomida katta tajriba to‘plab, mahsulot hajmi va sifatini oshirish, ko‘plab ish o‘rinlari yaratishga erishdik. Ayni paytda bu yerda mehnat qilayotgan 40 dan ortiq ishchining aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.
O‘tgan yili korxonaning Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgani uning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. 2015-yilda 1 milliard 650 million so‘mlik 40 mingdan ortiq velosiped tayyorlanib, xaridorlarga yetkazib berildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, velosipedlar xalqaro sifat standartlariga to‘la javob beradi. Yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan xorijdan keltirilayotgan shunday mahsulotlardan aslo qolishmaydi. Bu esa nafaqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari, balki mamlakatimizning barcha hududlaridagi savdo do‘konlarida ham mahsulot xaridorgirligini ta’minlamoqda.
Erishilayotgan bunday muvaffaqiyatlarda mehnatni tashkil etishda ilg‘or ish uslublarini qo‘llash, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish muhim omil bo‘lmoqda. Korxona jamoasi ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish hisobidan yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rejalashtirgan.

https://uza.uz/posts/81684
Ulaşiş