Yangi yil bayrami oldidan Andijon shahridagi mahallalar guzarlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Andijonda ham yangi yil bayrami shukuhi kezmoqda. Joylarda bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun zarur ishlar olib borilmoqda. Andijon shahridagi ommaviy bayram tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan hududlarda yangi yil bayrami archalari o‘rnatilib, turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, andijonliklarning bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta’minlash, narx-navoni keskin ortib ketishining oldini olish maqsadida tashkil etilgan savdo yarmarkalarida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yildi.

Yarmarkalarda dehqonu bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, asal, sut, tuxum, go‘sht, baliq, umuman, 50 yaqin turdagi oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda. Darhaqiqat, bayramoldi yarmarkalarida sotilayotgan mahsulotlarning bozor narxidan birmuncha arzonligi, qolaversa, savdolarning plastik kartalar orqali amalga oshirilayotganligidan barcha mamnun.

[gallery-5065]

– Mahallamiz hududida asosan ko‘p qavatli uylar joylashgan, – deydi Andijon shahridagi Mash’al mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Lolaxon Erkaboyeva. – Yangi yil bayrami savdo yarmarkasi ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun katta qulaylik yaratdi. Yarmarkalarda aholi uchun eng zarur oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilayotganligidan barcha xursand bo‘lmoqda.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi yil bayrami oldidan Qoratut mahallasida tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi, mahsulotlarni arzon narxlarda sotish, aholiga sifatli va yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yarmarkalar tashkil etilgan guzarlarda yangi yilga qadar bayram va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilishi yo‘lga qo‘yildi. Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratish bilan birga, xalqimizning bayram kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda yangi yil bayrami oldidan savdo yarmarkalari tashkil etildi