Prezident tashrifidan so‘ng

Yaqinda xalqimiz Prezidentimizning Andijonga tashrifini hayajon bilan kuzatdi.  

Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi va hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishi nafaqat andijonliklar, balki butun mamlakatimiz hayotida muhim voqea sifatida qaraldi. Xalqimiz bilan olib borilgan yuzma-yuz samimiy muloqot zamirida inson manfaatlari va uning farovon hayotini ta’minlashdek ezgu maqsadlar bo‘y ko‘rsatdi.

Darhaqiqat, ta’kidlanganidek, bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik o‘zgarishlar avjida. Yangi O‘zbekistonning shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgani – islohotlarning naqadar keng qamrovli va samarali ekaniga ishoradir.

Albatta, bu yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning Andijon namunasi, xolos.

Ko‘rib turganimizdek, Andijon bugun barcha soha va tarmoqlarda jadal rivojlanmoqda. Viloyatning ulkan salohiyati islohotlar ijrosiga astoydil kirishilgani va odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlar tez sur’atlarda olib kirilayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, tashrif doirasida Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ijtimoiy soha, xususan, tibbiyot masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu sohaning vakili sifatida baralla aytishimiz mumkinki, tibbiyot tizimi, uning taraqqiyoti davlat siyosatining bosh masalasi sifatida davlat rahbari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Prezidentimizning Andijonda tibbiyotning o‘z brendini yaratish g‘oyasi hududning bu boradagi ulkan imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga qaratilgan muhim qadam va andijonliklar uchun manfaatli tashabbus desak, haq gapni aytgan bo‘lamiz.

O‘tgan yili 650 o‘rinli klinikaning Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilishi va uni ta’mirlash hamda jihozlash uchun ajratilgan 180 milliard so‘m mablag‘ 11 ming talabaga bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham amaliyot o‘tash imkonini yaratdi. Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimining yo‘lga qo‘yilishi, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limlarini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslarining qo‘llab-quvvatlanishi soha rivoji yo‘lidagi muhim qaror bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratilishi esa davlatning sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy siyosatining yana bir isbotidir.

Simulyatsion markazda sinovdan o‘tgan tibbiy xodimlarga qo‘shimcha 100 foiz ustama berilishi ularning mehnatini rag‘batlantirish va malakasini oshirishga qaratilgan muhim o‘zgarish bo‘ladi.

E’tirof etish joizki, namanganlik yoshlarning Andijonga qatnab o‘qiyotgani ham Prezident e’tiborida ekani butun vodiy yoshlarini to‘lqinlantirdi. Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakultetini Andijon tibbiyot instituti filialiga aylantirish va kelgusida uni mustaqil oliy o‘quv yurtiga olib chiqish, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomini berish rejasi –  ayni shu yoshlar yuragidagi tilakni ko‘rib, o‘qib turgandek bir quvonchli xushxabarga aylandi.

Xususan, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib o‘qimoqchi bo‘lganlar hisobiga viloyatda tibbiy ta’lim eksportini yiliga 20 million dollardan oshirish imkoniyatining mavjudligi Andijonning nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham tibbiy ta’lim markaziga aylanishi uchun katta imkoniyatlar ochib berishi aniq. Mutasaddilarga xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun “talaba vizasi” joriy qilish bo‘yicha bir oyda taklif kiritish topshirig‘i esa bu jarayonni yanada soddalashtirishga qaratilgan reforma sifatida kelgusida yuqori natija berishi tabiiy.

Andijondagi 400 dan ziyod mahallada aholiga tunu kun xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot punktlarining tashkil etilishi esa aholining birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Bu tajribaning ma’qullanishi va bu yil ushbu tizimni qolgan viloyatlardagi kamida 100 tadan mahallada yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriq islohotlarning butun mamlakat bo‘ylab keng yoyilishiga xizmat qiladi.

Andijonda zamonaviy xususiy klinikalar tashkil etish uchun olti oy davomida sotilmagan davlat ob’ektlarining tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5 yil muddatga ijaraga berilishi va keyinchalik ularning xususiylashtirilishi sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish hamda raqobat muhitini yaratishga qaratilgan istiqbolli islohotdir. Bu tashabbus va o‘zgarishlar, uzoqni ko‘zlab qilinayotgan Andijon eli taqdirini o‘zgartirib, farovon hayotga eltuvchi xayrli ishlarda boburiylar zamini xalqi, albatta, yurtimiz rahbariga yelkadosh bo‘ladi, deya ishonamiz.

Manzuraxon Salimova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,  

O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda tibbiyotning o‘z brendi yaratiladi