Andijon tumanida Qo‘qon universiteti nodavlat ta’lim muassasasining Andijon filiali ish boshladi.

Filial ochilishiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda universitet rektori G‘ofurjon Zohidov, filial pedagogik jamoasi, keng jamoatchilik vakillari, talaba- yoshlar, ularning ota-onalari qatnashdi. Unda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda yoshlarning o‘qishi, oliy ma’lumot olishi, malakali mutaxassis bo‘lib kamol topishi uchun zarur ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. Xususan, bu borada davlat oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ham imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi. 

– Maqsadimiz, yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan malakali, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishiga hissa qo‘shish, - deydi Qo‘qon nodavlat universiteti rektori G‘ofurjon Zohidov. – Bu borada oldimizga aniq maqsadlarni qo‘yganmiz. Ishonamanki, ana shu maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz kelgusida albatta, o‘zining ijobiy samaralarini beradi. 

[gallery-15442]

Nodavlat universitet filialida o‘ndan ortiq bakalavr ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanadi. Dars mashg‘ulotlari mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan dasturlar asosida olib boriladi. 

Bundan tashqari, ta’lim jarayonlarida oliy ta’lim kredit-modul tizimi va bugungi kunda dunyodagi ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari samarali foydalanib kelayotgan HEMIS dasturi keng qo‘llaniladi. 

Ochilish marosimidan so‘ng universitet rahbariyati keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan muloqot o‘tkazib, filialdagi ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish jarayonlari haqida ularga ma’lumot berdi. Muloqot ishtirokchilari filialning o‘quv zallari, axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdi. 

F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda Qo‘qon nodavlat universitetining filiali ochildi