Avtomobil transporti qatnovi ortib borayotgan ayni paytda transport vositalarining erkin harakatlanishi, qolaversa, aholining uzoqini yaqin qilishda nafaqat yo‘llar, balki ko‘priklar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yo‘l va ko‘priklarning mustahkam va xavfsiz bo‘lishi yanada muhimdir.

Bugungi kunda Andijon viloyatida soy, kanal va daryolar ustiga, shuningdek, avtomobil harakatini tartibga solish uchun turli hududlarga qurilgan bir mingdan ortiq ko‘prik mavjud. Shundan 624 ta ko‘prik “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Andijon filiali tasarrufiga olingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibida "O‘zyo‘lko‘prik" klasteri tashkil etilgan. Bugungi kunda mamlakatimiz hududlarida yangi ko‘priklar qurish, mavjud ko‘priklarga xizmat ko‘rsatish ushbu klaster va uning hududiy filialari tomonidan amalga oshirilmoqda. 

[gallery-16101]

–O‘tgan yili filialimiz tomonidan viloyat hududida belgilangan dasturlar va investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 1 milliard 816 million 105 ming so‘mga teng, barcha talablarga javob beradigan 4 ta yangi ko‘prik barpo etildi, – deydi "O‘zyo‘lko‘prik" klasteri Andijon filiali rahbari Farhodbek Nurmatov. – Bundan tashqari, 36 ta ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 

O‘tgan yili Jalaquduq tumani O‘zbekiston mahallasi, Shahrixon tumani Dorilomon, Baliqchi tumani Do‘ngsaroy, Marhamat tumani Oqbosh mahallalari hududlaridagi tabiiy ofat va eskirganligi uchun yaroqsiz holga kelib qolgan ko‘priklarda belgilangan me’yor va talablar asosida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi. Yangitdan barpo etilgan ushbu ko‘priklar, nafaqat avtomobillar harakati, balki aholi uchun ham katta qulaylik yaratdi. 

Viloyatda o‘tgan yili umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida joylashgan 624 ta ko‘prikdan 36 tasi joriy ta’mirlandi. Ya’ni xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida joylashgan 1 ta ko‘prikda 50 million so‘mlik, davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida joylashgan 15 ta ko‘prikda 684 million so‘mlik, mahalliy avtomobil yo‘llarida joylashgan 20 ta ko‘prikda 454 million so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vOr0jsm_Rwc" title="Andijonda qancha koʻprik qurildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Joriy yilda ham yangi ko‘priklar qurish, ta’mirlash bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, umumiy qiymati 12 milliard so‘mga teng umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida joylashgan 4 ta, ichki ko‘chalarda joylashgan 2 ta ko‘prik rekonstruksiya qilinadi. Bundan tashqari, umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida joylashgan, eskirgan, ya’ni 1970-1975 yillarida qurilgan ko‘priklar ta’mirlanadi. Ayni paytda Ulug‘nor tumani hududida “Baliqchi-Jumashuy-Pungon” avtomobil yo‘lining 6,4 kilometrida joylashgan ko‘prikda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Rekonstruksiya ishlariga 20 nafardan ortiq ishchi-mutaxassis, 10 dan ortiq texnika vositasi jalb etilgan. Mazkur ko‘prik rekonstruksiyasi uchun 2,7 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Izboskan tumanidagi “Poytug‘-Lug‘umbek-Yangiqishloq” aylanma yo‘lidagi ko‘prikni kengaytirish ishlari ham olib borilmoqda. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 300 million so‘mni tashkil etadi. 

Umuman, Andijon viloyatida yangi, mustahkam ko‘priklar barpo etish, holatini yanada yaxshilash, xavfsizligini ta’minlash borasidagi barcha ishlar reja asosida olib borilmoqda. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda qancha ko‘prik qurildi? (+video)