Ularda yuzga yaqin yosh o‘g‘il va qizlarning ish bilan ta’minlanishiga erishildi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan «Iste’molchilar uyi» hamda «Iste’molchi kutubxonasi» loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Besh muhim tashabbus»ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida shu kunga qadar – Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bog‘dod, Farg‘ona, Koson, Olot, Dehqonobod tumanlarida hamda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida 14 ta barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, ko‘rkam va shinam majmualar bunyod etildi. Yil oxiriga qadar yana 8 ta ana shunday ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ishga tushirladi. Ularda yuzga yaqin yosh o‘g‘il va qizlarning ish bilan ta’minlanishiga erishildi.

Bugun esa, Andijon viloyati Izbosgan tumani ham zamonaviy uslubda qurilgan, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega va 6 mingdan ortiq kitoblarga ega bo‘lgan «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur ma’muriy kompleksda tashkil etilgan «Iste’molchi kutubxonasi» fondidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar o‘rin olgan.

Unda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov so‘zga chiqib, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham taqdim etiladi. 

Ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasini ham shakllantirilib, qaysiki o‘quvchi pandemiya sharoitida uyidan turib, kitoblarni buyurtma qilishi va elektron formatda arzon narxda masofadan turib xarid qilishi mumkinligi, shu bilan birga, kutubxonada zamonaviy “Book cafye” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o‘quv qurilmasi ham o‘rnatilganligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Andijon viloyati Izbosgan tuman hokimi S. Ismoilov ushbu majmuada xotin-qizlar uchun bepul chevarlikka o‘rgatish markazi, maktabni tugatib, biroq ishsiz yurgan yosh yigitlar uchun esa hunarmandchilik an’analarini o‘zida aks ettirgan do‘ppichilik, duradgorlik, kashtachilikni aks ettirgan 20 ga yaqin to‘garaklar tashkil etildi.

Bundan tashqari, «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksida joy olgan «Iste’molchi qabulxonasi»da esa, iste’molchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.

Hurmatli iste’molchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda «Iste’molchilar uyi» o‘z faoliyatini boshladi