Tashrifdan tashrifgacha

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 15-16 fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, viloyatda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘tgan yili viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 90,5 trillion so‘mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulot hajmi 26,4 million so‘mni tashkil qildi. 

 Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3 foizga, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 8,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 3,1 foizga, qurilish ishlari hajmi 11 foizga, chakana savdo aylanmasi 8,5 foizga, tashqi savdo aylanmasi 82,7 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 36,9 foizga, xizmatlar hajmi 13,2 foizga, hududiy eksport hajmi 43 foizga o‘sdi.  

Viloyatda 2024 yil davomida investitsiya loyihalari doirasida 380 ta loyiha amalga oshirildi. Bunda to‘qimachilik, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalari salmoqli o‘rin egalladi. Mazkur loyihalarni ishga tushirish hisobiga 32 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, sanoat sohasida qiymati 144,2 million dollarga teng 201 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida qiymati 62,2 million dollarlik 110 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida qiymati 21,7 million dollarlik 61 ta loyiha ishga tushirildi. 

Shuningdek, 1,3 milliard dollar miqdordagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xorijiy investorlar tomonidan kiritilgan 510,4 million dollar investitsiya hisobiga 20 ta loyiha amalga oshirilib, 4 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. 

Buloqboshi tumanida Xitoyning “Western international new building materials pte. LTD” kompaniyasi tomonidan qiymati 250 million dollar bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilib, mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. 

Xitoyning “Tiange Hong AN” kompaniyasi tomonidan qiymati 24 million  dollarlik loyiha doirasida  Oltinko‘l va Jalaquduq tumanlarida 600 gektar maydonda 24 ming tonna qalampir yetishtirildi. “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi hududida yetishtirilgan qalampirni qayta ishlashning birinchi bosqichi amalga oshirildi.

O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi Xitoy, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Italiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Shuningdek, o‘tgan yili viloyatda jami 1 milliard 191,1 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Belgilangan reja 125 foizga bajarildi. 

Jami eksportga chiqarilgan mahsulotlarning 72 foizini to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, 7,8 foizini neft va yoqilg‘i mahsulotlari, 8,3 foizini meva va sabzavot mahsulotlari, 1,3 foizini mashina va uskunalar, 1,3 foizini poyabzal mahsulotlari tashkil etdi. 

  Umuman, eksport faoliyatiga 423 ta korxona jalb etilgan bo‘lib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan 36 taga ko‘paydi. Eksport mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Afg‘oniston davlatlaridagi hamkorlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Eksport geografiyasini  kengaytirish borasida olib borilgan ishlar natijasida hamkor davlatlar soni 38 taga yetdi. O‘tgan yili Bosniya-Gersogovinaga yog‘och mahsulotlari, Vengriyaga muzlatilgan sabzavotlar, Daniyaga tibbiyot buyumlari, Iroq davlatiga muzqaymoq mahsulotlarining eksporti yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning o‘zida 68,6 million dollarlik yangi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 fevraldagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon tumanida tashkil etilgan “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasiga o‘tgan yili Xitoy davlatidan salohiyatli kompaniyalarning istiqbolli loyihalarini joylashtirish bo‘yicha investitsion buyurtmalar qabul qilindi. 

2024 yilda erkin iqtisodiy zona hududining 51,4 gektar maydoniga umumiy qiymati 302,4 million dollarlik 9 loyiha joylashtirildi. Hozir ushbu loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha qurilish-pudrat ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda viloyatda 312 gektar yer maydonida jami 44 ta kichik va Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari mavjud. Shundan 25 tasi kichik sanoat zonasi, 19 tasi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidir. Ushbu sanoat zonalariga umumiy qiymati 2 trillion 378 milliard so‘mlik 1 ming 241 ta loyiha joylashtirilib, 23 ming 778 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

2024 yilda qiymati 121,9 milliard so‘mlik jami 105 ta loyiha ishga tushirilib, 1 ming 874 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Oltinko‘l tumanining Uyg‘ur mahallasi hududida 16 gektar yer maydonida “klaster” usulida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, ko‘rgazma va savdo ob’ektlari hamda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Mebelsozlik kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etildi.

Qiymati 120 milliard so‘m bo‘lgan “Mebelsozlik kompleksi”ning qurilish ishlari yakunlangach, hududdagi lotlar “sanoat ipotekasi” shartnomasi asosida tadbirkorlarga sotiladi.

Kompleksdagi ishlab chiqarish sexlarida yiliga 160 ming dona mebel mahsulotlari tayyorlash, mingta yangi ish o‘rni yaratish, shuningdek, yiliga 10 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan. 

“Mebelsozlik kompleksi” o‘zining dizaynerlik maktabiga ega bo‘lib, bu yerda bozor talablari marketingi asosida yangi turdagi, zamonaviy mebellar ishlab chiqiladi.

Viloyatda turli dasturlar doirasida aholi daromadini oshirish hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 49 mingta loyiha tashabbuskoriga 1 trillion 106,6 milliard so‘m miqdoridagi kreditlar ajratildi. Natijada 81 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.  

Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2024 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida barcha yo‘nalishlarda 447 ming 975 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlandi.

Jumladan, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 174,7 ming nafar, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 218,8 ming nafar, investitsiya loyihalarini ishga tushirilishi hisobiga 42,5 ming nafar, qurilish va kommunal  sohasida 11,8 ming nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 

Bandlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1,6 foizga kamayib, 5,4 foizni tashkil etdi. 

Bundan tashqari, ishsiz aholini kasb-hunarga tayyorlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda o‘qitish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, viloyat mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha 21 ming 352 nafar ishsiz fuqaro o‘qitildi. 

O‘qishga jalb etilganlarning aksariyati “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz fuqarolardan iborat bo‘ldi. Ularning 92 foizi ish bilan ta’minlandi. 

Shuningdek, o‘tgan yili kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Natijada kambag‘allik darajasi 11,9 foizdan 8,9 foizga tushirildi. 

Aholi bandligini ta’minlash va real daromadlarini oshirishda tomorqadan, shu bilan birga mahallalarda dehqonchilik qilish uchun ijaraga ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, xususan, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilgan ishlar samarali natijalar berdi. 

Masalan, o‘tgan yili tumanlardagi ijaraga ajratilgan 436 gektar yer maydonlarida 2 ming 434 dehqon xo‘jaligi ishtirokida 44 ta loyiha doirasida olib borilgan ishlar natijasida 133,6 milliard so‘mlik 31,9 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi. Har bir xo‘jalik o‘rtacha 55 million so‘mdan daromad oldi. 

Asaka tumanining Obod mahallasida 65 nafar fuqaroga ajratilgan 10 gektar yer maydoni tanlab olinib, bodring yetishtirish bo‘yicha ana shu yo‘nalishda samarali ish olib borayotgan tajribali fermerga biriktirildi. “Milliybank” tomonidan esa mahsulot yetishtirish xarajati uchun 150 million so‘m miqdorida kredit ajratildi. Natijada ana shu maydondan jami 560 tonna bodring yetishtirilib, 3,9 milliard so‘mlik eksport qilindi. Har bir yer egasi yiliga 60 million so‘m foyda oldi. 

Viloyatda “Uychi tajribasi”, “Sayxunobod tajribasi”, “Zarbdor tajribasi”, “G‘ijduvon tajribasi” bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shu yo‘nalishdagi ishlar natijasida 143 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. 

Aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ham tizimli ishlar olib borildi. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Andijon tumani adirliklarida barpo etilayotgan Yangi Andijon shahrida hozirga qadar 1 ming 800  xonadonli 63 ta ko‘p qavatli uy, shuningdek, 1 ming 680 o‘rinli umumta’lim maktabi, 420 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 250 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika, trikotaj korxonasi, ipoteka markazi qurilib foydalanishga topshirildi.

“Yangi Andijon shahri” loyihasi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 

Umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadigan shaharning 1 ming 439 gektar maydonida 2 mingta ko‘p qavatli turarjoylar, savdo maskanlari qad rostlaydi. Shuningdek, 223 gektarda xizmat ko‘rsatish, 1 ming 820 gektar maydonda yashil hududlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, 499 gektar maydon yo‘llar va boshqa infrastruktura ob’ektlaridan iborat bo‘ladi.

Uy-joylar, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida umumiy qiymati 33 milliard so‘mga teng loyiha doirasida sig‘imi 4 ming metr-kub bo‘lgan suv saqlash va uzatish inshooti ishga tushirildi. 

Shuningdek, hududda 19 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston”, 5,5 gektar maydonda “Vatanparvar” bog‘lari tashkil etildi. 

Viloyatda muqobil energiya tizimini shakllantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2023-2024 yillar davomida 1 ming 626 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralariga quvvati 23 ming 168 kVatli, tadbirkorlik sub’ektlari bino va inshootlariga quvvati 26 ming 835 kVatli, 12 ming 826 ta aholi xonadoniga 87 ming 607 kVatli, 33 ta ko‘p qavatli uylarga 268 kVatli quyosh panellari o‘rnatildi. Quyosh panellari o‘rnatilgan ushbu ob’ektlar “Yashil energiya” platformasi ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Bundan tashqari, 2024 yil va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida loyiha qiymati 28 million dollarga teng 9,55 MVtli 8 ta mikro gidro elektrostansiya ishga tushirildi. 

Viloyatda avtomobil va ichki yo‘llarni qurish, ta’mirlash bo‘yicha ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. O‘tgan yili turli toifadagi yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan reja va dasturlar doirasida 1 ming 520,2 kilometr yo‘l, 9 ta ko‘prik ta’mirlandi. 

Suv xo‘jaligi tizimida o‘tgan yili irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari doirasida 963,4 kilometr tarmoq ta’mirlandi va  rekonstruksiya qilindi. 

Shuningdek, viloyat bo‘yicha 48,8 ming gektar maydonda suvni tejovchi texnologiyalar joriy etildi. 

O‘tgan yili jami 60 ming 363 quti ipak qurti parvarish qilinib, belgilangan 3 ming 561 tonna o‘rniga, amalda 3 ming 883 tonna pilla yetishtirildi. 

Marhamat tumanidagi “Ipak” fermer xo‘jaligi tomonidan “Ipak ko‘chat klaster” tutchilik klasteri ishga tushirilib, xo‘jalikda yetishtirilgan tut ko‘chatlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan yili qariyb 2 million dollarlik tut ko‘chati eksport qilindi. 

Ilm fan va ishlab chiqarishga asoslangan holda tut daraxtining yangi daraxt navlarini yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Klaster tomonidan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “INVITRO” laboratoriyasi qurilib, ishga tushirildi. 

Xonobod shahridagi Kampirrovot mahallasida xonadonlarda forel baliqlarini boqish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu xonadonlarning har birida o‘rtacha 2 tonnagacha forel balig‘i yetishtirilib, har bir xonadon o‘rtacha 40 million so‘mgacha daromad topmoqda. 

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan aholining tuxum va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari hududlaridagi ariq va zovurlarda o‘rdak boqishni tashkil qilish loyihasi ishlab chiqildi.

O‘tgan yili 1 ming 100 nafar tashabbuskor fermerning o‘z hududlaridan o‘tgan ariq va zovurlarda o‘rdak boqish tashabbusi qo‘llab quvvatlandi. Ushbu tashabbuskorlar tomonidan 1,1 million bosh o‘rdak boqish tashkil qilinishi belgilab olindi. Buning uchun talab etiladigan materiallar va mablag‘lar ajratiladigan bo‘ldi. Ushbu hududlarda hozirga qadar qariyb 300 kilometr maxsus sim to‘rlar tortildi, ming boshgacha o‘rdak boqiladigan 900 taga yaqin o‘rdakxona qurildi. 

Shuningdek, Qo‘rg‘ontepa tumanida “Oq suv” fermer xo‘jaligi tomonidan malina yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. 

Yoshlar va xotin-qizlarga ijaraga ajratilgan hamda aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklariga qarashli jami 300 gektar maydoniga malina ko‘chatlari ekildi. 

Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha mutaxassislar jalb etilgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Yetishtirilgan hosilni bozor narxida kafolatli sotib olish tizimi joriy etildi. 

Viloyatda uzum yetishtirish bo‘yicha ham muayyan ishlar olib borilmoqda. Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat va boshqa qator tumanlardagi ko‘plab mahallalarning drayveri uzumchilikka ixtisoslashtirildi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 2,5 ming gektarlik tokzorlar maydoni 4,89 ming gektarga yetkazildi. Uzum yetishtirish hajmi esa 65 ming tonnadan 89 ming tonnaga yetkazildi.

O‘tgan yili 499 ming nafardan ziyod xorijiy turistlar, 1 million 654 ming nafar yurtimiz sayyohlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 44 ta yangi turistik tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

[gallery-22806]

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan yil Xonobod shahrida o‘tkazilgan “Dunyo sadolari” II xalqaro milliy estrada san’ati festivali viloyat madaniy hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Xalqaro festivalda dunyoga mashhur estrada yulduzlari ishtirok etdi. 

Festival kunlari 350 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy turistlar Xonobod shahriga tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, viloyatda o‘tgan yili ijtimoiy sohalar – tibbiyot, maktabgacha va maktab ta’limi, shuningdek, madaniyat, sport, umuman, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalarida e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.  

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda islohotlar jadal bormoqda