Andijon shahridagi “Digital City” texnologik parkida viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hokim akademiyasi” onlayn ta’lim platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mutasaddilar, mutaxassislar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish, uning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Jumladan, “Hokim akademiyasi” onlayn platformasining mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyati xususida gapirdi. 

– Ijtimoiy tenglikka asoslangan mazkur ta’lim platformasi barcha foydalanuvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratadi, – deydi viloyat hokimi   Sh. Abdurahmonov. – Masalan, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining barchasi ham  ham oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlanish uchun repetitor yoki pullik kurslar xizmatidan foydalanish imkoniga ega emas.  Endilikda ular mazkur platformadan foydalangan holda  onlayn mashg‘ulotlarda qatnashib, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun bepul tayyorlanishi mumkin.  

Eng asosiysi, mazkur ta’lim platformasi o‘quvchilarga, abituriyentlarga, xorijiy tillarni o‘rganuvchilarga hamda malaka oshirishni istagan o‘qituvchilarga yaqin ko‘makchi bo‘ladi. Ularning vaqtini, mablag‘ini tejaydi.  

[gallery-8808]

Birinchi bosqichda platforma doirasida to‘rtta yo‘nalishda onlayn mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Buning uchun Andijon shahridagi “Digital City” texnologik parkida zamonaviy va eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalarni o‘z ichiga olgan “Jafinga” maxsus studiyasi tashkil etildi, mashg‘ulotlar o‘tkazish, darslarni onlayn platformaga joylab borish uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi. 

Platforma doirasida umumta’lim maktabi o‘quvchilarini Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlash, abituriyentlarni  oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorlash, chet tillarini o‘rgatish hamda o‘qituvchilar uchun malaka oshirish yo‘nalishlarida mutaxassislar tomonidan onlayn mashg‘ulotlar tashkil etiladi.  

– bugungi kunga  qadar onlayn ta’lim platforma mashg‘ulotlarida qatnashish uchun 20 ming 283 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tdi, – deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ziyodullo Samatov. –  Ularning 6 ming 868 nafari abituriyentlar tayyorlash, 7 ming 166 nafari Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlash, 2 ming 508 nafari xorijiy tillarni o‘rganish va 3 ming 741 nafari malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda.  

Onlayn mashg‘ulotlarni olib borish uchun professor-o‘qituvchilar, o‘z sohasining tajribali, malakali mutaxassislari  jalb etiladi.

Mutaxassislar tomonidan tadbir qatnashchilariga onlayn platformani o‘tkazilish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi, mashg‘ulotlar studiyasi bilan tanishildi. 

F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Hokim akademiyasi” onlayn ta’lim platformasi ish boshladi