Andijonda 8 nafar bemor sogʻaydi
Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlardan 5 nafari Andijon shahridan, 3 nafari Jalaquduq tumanidan.
Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 13 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar 269 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.