Andijon viloyatidagi 764 ta umumta’lim, 1 ta Prezident, 1 ta ijod, 21 nodavlat maktablari, shuningdek, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, umumta’lim maktablari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ish uslublari, pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Natijada mazkur yo‘nalishdagi ishlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda.  

Joriy yilda viloyatdagi 36 ta ta’lim muassasasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, 2 ta maktab yangitdan barpo etildi. Umuman, bu yil 800 ta maktabda tahsil oladigan 619 ming nafar o‘quvchiga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi.  

Yangi o‘quv yilidan viloyat bo‘yicha jami 68 ming 740 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilindi. Ularga sumka va turli o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.  

[gallery-13436]

Andijon shahridagi 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida so‘z olganlar yurtimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ibratli ishlar haqida gapirib, o‘quvchi va pedagoglarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdi.  

– Yangi o‘quv yilidan aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabimizning 5- va 7- sinflariga 72 nafar o‘quvchi qabul qilindi, – deydi Andijon shahridagi 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori o‘rinbosari Diyorbek Rashidov. – O‘tgan yildan faoliyat boshlagan maktabimizda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 

O‘quvchilar, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilarida unutilmas taassurotlar qoldirgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari viloyatdagi barcha maktablarda yuqori ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tdi.  

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 68 ming 740 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilindi