Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, bo‘sh yerlarni aniqlash va auksion savdolarga chiqarish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish singari qator yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasi orqali hamda joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida jami 511 ta murojaat kelib tushgan. 

Murojaatlarning 82 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 409 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Umuman, murojaatlar soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari natijasida avvalgi yilning mos davriga nisbatan 184 taga kamaygan. 

– Boshqarmamiz hamda tuman, shahar filiallarimiz mutaxassislari tomonidan  qurilish bo‘limlari bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan davrida 4 ming 679 ta bo‘sh yer uchastkalari aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Fayoziddin Berdiqulov. – Aniqlangan bo‘sh yer maydonlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Shundan 2 ming 225 ta bo‘sh yer maydoni tadbirkorlarga sotish uchun auksion savdolariga chiqarildi.

Bundan tashqari, Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 49 mingdan ziyod ariza ko‘rib chiqildi. Belgilangan tartiblar doirasida 35 ming 735 ta ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida 8 ming 309 ta mulkning tegishli hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi va boshqa sabablar tufayli davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi rad etildi. Ayni kunda 3 ming 600 dan ziyod mulk bo‘yicha belgilangan to‘lovlarni to‘lash va  davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni davom etmoqda. 

Soha mutaxassislari tomonidan yer bilan bog‘liq ishlarni belgilangan tartiblar asosida bajarish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. 

F. UBAYDULLAEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 36 mingga yaqin ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi