Ayni kunlarda mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari davom etmoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidan oliy o‘quv yurtlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun 66 ming 824 nafar abituriyent test sinovidan o‘tishi belgilangan. Bugungi kunga qadar ularning 57 ming 213 nafari test sinovini topshirib bo‘ldi.

Test sinovlari Andijon shahridagi to‘rtta bino – Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ikkita manejida, Andijon davlat chet tillar instituti sport zali hamda “Yambol” sport kompleksida bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovi bilan bog‘liq barcha jarayonlar belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.  

Kecha ikki smenada ro‘yxatdagi 5 ming 520 nafar abituriyent sinovlarda ishtirok etishi kerak edi, – deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon bo‘limi bosh mutaxassisi Rustam Azimov. – Lekin noma’lum sabablarga ko‘ra, 351 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi, bir nafar abituriyent belgilangan tartiblarni buzganligi uchun test sinovidan chetlashtirildi.  

Umuman, bugungi kunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 3 ming 707 nafari test sinoviga kelmadi, 8 nafari esa chetlashtirildi.  

Jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun test sinovi nazoratchilar tomonidan kuzatib borilmoqda. Bundan tashqari, test sinovi o‘tkazilayotgan hududlar kamera kuzatuvi bilan ta’minlangan. Shuningdek, ota-onalar, umuman, keng jamoatchilik uchun test sinovi jarayonini onlayn kuzatib borish imkoni yaratilgan.  

Tibbiyot xodimlari abituriyentlarning sog‘ligini nazorat qilmoqda. Abituriyentlarga suv, ruchka berilishi tashkil qilingan. Test sinovi jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda 3 ming 707 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan